Amir al-moʻminin
Qiyofa
Amir al-Moʻminin (arabmoʻminlar amiri) – ilk islom davridagi xalifalarning unvoni. Islom taʼlimotida Muhammad (sav) oxirgi paygʻambar, xalifalar esa paygʻambarning oʻrinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning qoʻllarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar „xalifa“, „imom“, „amir“ istilohlari oʻrniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona Amir al-moʻminin istilohi bilan atalgan. Mazkur unvon ilk dafʼa Abu Bakrdan keyingi ikkinchi xalifa Umarga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon, Ali va boshqalar) ham shu unvon bilan atalgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |