Kontent qismiga oʻtish

Alkaloidlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„Alkaloidlar“ — oʻsimliklarda, kamdan-kam hollarda hayvonot organizmida uchraydigan va asos xossasiga ega boʻlgan azotli organik birikmalar. Shular jumlasidan morfinni birinchi marta (1806) nemis aptekari Sertyurner koʻknori shirasi (afyun)dan ajratib oldi. Shundan keyin olimlar oʻsimliklar ta-nasida neytral va kislota xossasiga ega boʻlgan kimyoviy birikmalargina emas, balki asos xossasiga ega boʻlgan moddalar ham mavjud degan xulosaga keldilar. XIX asrda strixnin, xinin, kofein, atro-pin, efedrin va boshqa ajratib olindi. XX asrning 60-yillarda 1000 dan ziyod tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan olingan Alkaloidlar maʼlum edi. Alkaloidlar oʻsimliklar hayotini boshqarib turadigan faol moddalardir. Aksariyat Alkaloidlar rangsiz kristall moddalar boʻlib, kimyo-viy tabiatiga koʻra halqasida azot atomlari boʻlgan geterotsiklik birikmalar hisoblanadi. Oddiy Alkaloidlar tarkibida 10 ga yaqin, murakkablarida 50 dan ziyod ugle-rod atomlari buladi. Alkaloidlar sulfat, xlorid, salitsilat, oksalat va boshqa kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi; bu jara-yondan ularni tozalash va olishda foyda-laniladi. A.ga ishqoriy xossa beradigan element azotdir. Alkaloidlar sohasida Oʻzbekiston olimlaridan akademiklar S. Yu. Yunusov va O. S. Sodiqovning oʻz shogirdlari bilan bu soxdda qilgan ishlari ancha salmoqlidir. S. Yu. Yunusov kashf etgan qonuniyatga koʻra, Alkaloidlar erta bahorda oʻsimlikning yer usti qismlariga, kuz faslida bir yillik oʻsimliklarning urugʻiga, koʻp yillik oʻsimliklarning esa piyozi, ildizi va urugʻiga miqdor jihatidan eng koʻp yigʻiladi. 1943-93 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida S. Yu. Yunusov rahbarligida 29 oila-345ga mansub 266 oʻsimlik turi oʻrganilib, ulardan 913 alkaloid ajratib olindi. Turli guruhlarga kiruvchi 518 yangi al-kaloidning tuzilishi aniqlandi. Si-tizin, galantamin, likorin kabi prepa-ratlarning ishlab chiqarish texnologiyasi koʻrsatib berildi, xolinesterazaga qarshi dezok-sipeganin gidroxlorid preparati Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Aritmiyaga qarshi diterpin alkaloidi asosida prepa-ratlar olishning yangi yoʻnalishlari ochildi. Bu preparatlardan allapinin tibbiyot amaliyotida qoʻllana boshladi. Tibbiyot-biologiya tadqiqotlari uchun bir qator bioreaktiv preparatlar (bi-bikulin, akonitin, geliotrin, imperi-alin) olishga muvaffaq boʻlindi. Ayni vaqnda yana bir yangi yoʻnalish — zaharli zamburugʻlardan alkaloidlar ajratib olish ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda yuzdan ortiq A. (mor-fin, kodein, kofein, efedrin, strixnin, kolhamin, atropin, kokain, galantamin, sitizin va q.k.) qullanilmoqda. Alkaloidlarning baʼzilari (mas, anabazin va nikotin sulfat) qishloq xoʻjaligida insektitsid sifatida ishlatiladi. Kashandalik va bangilikning „sababchisi“ ham Alkaloidlardir. Tarkibida Alkaloidlar boʻlgan begona oʻsimliklarning baʼ-zilari (mas, kukmaraz va kampirchopon) gʻalla ekinlari orasida oʻsadi, don bu oʻsimliklar urugʻidan tozalanmay isteʼ-mol qilinsa, odam va hayvonlar ogʻir kasalliklarga chalinishi mumkin. Ad:. Orexov A. P., Ximiya alkaloidov, M., 1955; Itogi issledovaniya alkaloi-donosnix rasteniy, T., 1993.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil