Aleksandriya urushi
Qiyofa
Aleksandriya urushi (miloddan avvalgi 48-47) — Yuliy Sezar qoʻmondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya shahri atrofida sodir boʻlgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Sezar Kleopatra va uning ukasi Ptolemey Dionis oʻrtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil boʻyidagi jangda (48 yil) rimliklar gʻalaba qozonganlar. Kleopatra Misr taxtini egallagan. Aleksandriya urushi Misrni Rimga tobe etish uchun kurashda muhim bosqich boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |