Kontent qismiga oʻtish

Albrecht Kossel

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kossel (Kossel) — ota-bola nemis olimlari: 1) Albrext (1853.16.9, Rostok — 1927.5.7, Geydelberg) — biokimyogar. Berlin (1887-yildan), Mar-burg (1895) va Geydelberg (1901-23) universitetlari professor Ilmiy ishlari yadro oqsillari (protaminlar va gistonlar), nuklein kislotalar va nukleoproteidlar kimyosiga oid. Birinchilardan boʻlib oqsilning tuzilish nazariyasini taqlif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1910); 2) Valter (1888.4.1, Berlin — 1956.22.5, Tyubingen) — fizik. Kil universiteti (1921-yildan) va Dansig oliy texnika maktabi (1932-yildan) professor 1947-yildan Tyubingen fizika instituti direktori. Ionli kimyoviy boglar nazariyasi muallifi (1916). Asarlari rentgen nurlari va elektronlar difraksiyasiga oid.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil