Kontent qismiga oʻtish

Agogo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agogo

Gan ()
Turi

Zarbli musiqiy choʻgu

Agogo (portugalcha: agogô)— Afrikadan tarqalqan Braziliya xalq cholgʻu asbobi[1]. Kandomble, kapoeira, makulela va karnaval sambada ritmik polifoniya yaratishda asosiy rol oʻynaydi.

Metall kavisli tutqich bilan bogʻlangan ovozsiz ikki, uch yoki toʻrtta qoʻngʻiroqchadan yasaladi. Qoʻngʻiroqlar turli oʻlchamda boʻlganligi uchun ular turli tondagi tovushlarni chiqaradilar. Kuy qoʻngʻiroqlarni yogʻoch yoki metall tayoq bilan urish (chalish) orqali hosil qilinadi. Yogʻoch tayoqlar kakos yongʻogʻi qobigʻidan tayyorlangan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrikaning yoruba tilida agogô soʻzi qoʻngʻiroq maʼnosini anglatadi. Yoruba qabilalariga mansub Afrikaning Ketu (zamonaviy Benin) qirolligidan Braziliyaga kelgan nago xalqi (Nago) tilida „akokô“ soʻzi soat yoki vaqtni, shuningdek, har qanday odam tomonidan ijro etilishi mumkin boʻlgan metall musiqa asbobini anglatadi.

Afrikada tarqalishi va nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyalik Kapuchin Kavazzi 16-asrda Angolaga qilgan safar hisobotida agogo musiqa asbobini tasvirlab bergan birinchi yevropalik boʻlgani haqida yozib qoldirilgan. Ingliz tilida „qoʻsh qoʻngʻiroq“ va fransuz tilida „kloch“ deb ataladigan bu asbob Afrikada Bantu qabilasi orasida keng tarqalgan. Lunda va Chokve xalqlari uni „Rubembe“ (Rubembe) deb atashadi. Kabinda provinsiyasida esa „Chingongo“ (Chingongo) nomi bilan mashhur. Boshqa xalqlar orasida Bantu „ngongé“ (Ngongê) yoki „ngongo“ (Ngongo) nomi bilan yuritiladi. Dahomey, Nigeriya va Sudanda qoʻsh qoʻngʻiroq „ngongo“ (Ngombe) deb ataladi [2] .

Agogo Braziliyaga Angola, Kongo va Mozambiklik qullar tomonidan olib kelingan. Braziliyada agogo dastlab Pernambukodagi Baiya va Shango kandomblé madaniy tadbirida ishlatilgan. Keyinchalik u Pernambukoda „maracatu“ (portugalcha: Maracatu) afro-brazil ritmlarida „gongé“ (gonguê), „gan“ (gan, ) yoki „shere“ (xeré) [2] nomlari bilan qoʻllangan.

Afro-Braziliya diniy markazlarida agogo Orisha Ogum (Orixa Ogum) ga tegishli boʻlib, uni „gan“ () deb atash mumkin. Bu muqaddas obʼekt sanalib, foydalanishdan oldin tozalash marosimini bajarish talab etiladi. Tozalash marosimi barglar, oʻtlar, oʻsimliklar, hayvon terisi va minerallar bilan yuvishdan iborat boʻlib, bu marosim ruhlar bilan almashish uchun zarur boʻlgan „hayot kuchi“ (axe) ni olish uchun oʻtkazilgan.

Baxiyada agogo yoruba xalqi tomonidan kiritilgan. Keyinchalik agogo Rio-de-Janeyro makumbasida, Baiya va Rio-de-Janeyroda kapoeyra oʻyinida hamda makuladan foydalanilgan. Bundan tashqari, agogo Afro-bloklarda „afoshe“ (afoxé), shuningdek, „ijesh“ (ijexá) va „ageré“ (aguerê) ritmlarida ham qoʻllanadi [2] .

Agogo ritmining ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kandomblda agogo ritmning asosiy yoʻnalishlarida yetakchilik qiladi, atabakani (ularning uchtasi marosimlarda ham bor) musiqiy makonga yoʻnaltiradi va zarbli cholgʻu asboblari ansamblida " maestro " maqomiga ega. Biroq, hozirgi kunga qadar kandombl musiqasi boʻyicha biron bir tadqiqot musiqiy hamrohlikni tashkil etishda yoʻnaltiruvchi agogo ritmi va uning marosimlar bilan bogʻliqligining aniq tasnifini koʻrsatib bera olmagan[3]. Agogo sadolari Rio-de-Janeyro va San-Pauludagi Braziliya karnaval sambasi poliritmik tuzilishining asosi boʻlib, kapoeyra va makulele oʻyining ajralmas qismi hisoblanadi.

Agogo pandeira va likobcha-pichoq musiqiy ritm chizigʻi asosini bajaruvchi boʻlishiga qaramay, agogo samba de roda hamrohligining bir qismi hisoblanmaydi.

Zamonaviy rok musiqasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talking Heads guruhining asoschisi Devid Birn agogodan albom yozishda va konsertlarida foydalangan.

Agogo Rush kontsertlarida Nil Pirtning baraban solosi muhim vazifani bajaradi. Ushbu musiqa asbobning sadolari Kaiser Chiefsning guruhining „Addicted To Drugs“ „Giyohvand moddalarga qaram“ kompozitsiyasida, shuningdek LCD Soundsystemning „Daft Punk Is Playing at My House“ filmida da ham eshitish mumkin.

  1. „Статья «Бразильская музыка» в Музыкальной энциклопедии в 6 тт., 1973—1982“. 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Agogô“ (pt). Dicionário Cravo Albin da Música Popular Brasileira. 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.
  3. FONSECA, Edilbero José de Macedo. „“...Dar rum ao orixá...”“ (pt) (2006). 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  • González M.E. „Campanas: agogo, ekón y ogán“, . Instrumentos de la música folclórico-popular de Cuba. Vol. 1. Habana: Editorial de Ciencias Sociales, 1997 — 94—105-bet.