Abulqosim Hakim Samarqandiy
Al-Hakim as-Samarqandiy | |
---|---|
Islom | |
Tavalludi |
|
Vafoti |
953-yil Samarqand , Somoniylar davlati |
Istiqomat joylari | Movarounnahr |
Abulqosim Hakim Samarqandiy(arab. الحكيم أبو القاسم إسحاق السمرقندي)— toʻliq ismi Isʼhoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd (856-946-yillar) hanafiylik mazhabining koʻzga koʻringan nazariyotchisi, hakim. Samarqandda tugʻilgan. Fors hanafiy olimi, qozi va faylasuf olim hisoblanadi. Ayrim manbalarda u fiqh va kalom ilmida al-Moturidiy (vafoti 944—945) shogirdi sifatida taʼriflanadi[1]. U kalomni yaxshi bilgan va har qanday tayinlangan hukmdor boʻysunishi talab qilinadigan hanafiy eʼtiqodini yaratgan. Uning eʼtiqodi karramiylarning qattiq zohidligini tanqid qiladi va muqaddas moʻjizalar (karomat) haqidagi anʼanaviy qarashlarni qabul qiladi[2]. Abu al-Qosim hayoti sharqdagi hanafiy sunniylarining zohidlik taʼlimotlari va taʼlimotlarining shakllanishida burilish nuqtasi boʻlgan[3]. Uning „As-Savad al-Azam“ (arabcha: ạlswạd ạlạ̉ʿḸm ) asari azaldan fiqhda asosiy manba boʻlib kelgan. Garchi al-Hakim al-Moturidiyning shogirdi ekanligi aniq dalillar asosiyda aniqlanmagan boʻlsa ham yetuk fahm soxibi boʻlgan[4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida ilm olish uchun Balxga borgan, u yerda Abu Bakr Varroq Termiziydan tariqat taʼlimini olgan. U kalom, fiqh va tafsir ilmlarini chuqur oʻrganib, oʻsha davrning mashhur shayxlaridan hadis va rivoyatlar eshitgan. Manbalarga koʻra, keyinchalik u Samarqandga keladi, qozi lavozimida ishlaydi va shu yerda vafot etadi. Ulamolar: omoniylar amiri Ismoil Somoniyga murojaat qilib, Movarounnahrda avj olgan turli mazhab va firqalarni kelishtirish uchun aqidalar majmui boʻlgan bir kitob yaratishni tavsiya etadilar. Amir kitob yozishni Abulqosim Hakim Samarqandiyga topshirgan. Shu tariqa „as-Savod ul aʼzam“ („Koʻpchilik tomon“) kitobi vujudga kelgan. Abulqosim Hakim Samarqandiy oʻziga xos kalom maktabini yaratgan. U oʻz asarida imonni iratilmagan, yaʼni azaliy deb hisoblab, bu fikrga qoʻshilmaganlarni bidʼat ahli deb atagan. Abulqosim Hakim Samarqandiy hanafiy mazhabining asosiy aqidalarini himoya qilib, mazhabni tugʻilib kelayotgan akdiy dalillar vositasida qayta koʻrib chiqishga qarshi turgan, aqidaviy ixtilofga barham berish yoʻli bilan Movarounnahr musulmonlari oʻrtasidagi fikriy yakdillikni saqlab qolmoqchi boʻlgan. U ahli sunna va jamoa taʼlimotining shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan[5]. Hakim Samarqandiy o‘z zamonidayoq katta shuhrat qozongan buyuk allomalar Abulxasan Ali ar-Rustug‘foniy, Muhammad ibn Fazl al-Balxiy. Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Bakr al-Varroq, Muhammad ibn Huzaym al Qallos, Abu Nasr al- Iyodiy, Abdulloh ibn Sahl ar-Roiziylardan saboqlar oladi. U mazkur mutafakkirlardan tafsir, hadis, ayniqsa, fiqh va kalom ilmlaridan chuqur ta’lim olgan va yirik olim darajasiga yetishgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hakim Samarqandiy yashagan davrda musulmon olamining turli tomonlarida, jumladan, Movarounnahr o‘lkasida ham turli xil oqim va firqalar paydo bo‘ladi. Ular islom dinini buzib talqin qilib, noto‘g‘ri aqidalar tarqatishar, buning natijasida, ko‘p musulmonlar hidoyat yo‘lidan og‘ib, haqiqiy islomiy aqidalardan uzoqlashib qolgan edilar. Hakim Samarqandiy zamondoshi Abu Mansur Moturidiy bilan birga Samarqanddagi madrasada rahbarlik qilib, tarqala boshlagan buzuq mafkuralarga qarshi kurashganlar.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqandiyning eng asosiy asari “As-Savod al-a’zam fil-kalom” (“Kalom ilmida buyuk asar”) bo‘lib, u IX –X asrlarnin tutash davridagi Movarounnaxr hanafiylarining ilohiyat masalalariga oid qarashlarini aks ettiradi. Asar ilohiyatning ayrim asosiy masalalari bilan cheklanib qolmaydi. Iymonning ta’rifi, gunohlarning holati, taqdir yoki narigi dunyo hisob-kitobi kabi ko‘rib chiqilishi odatiy bo‘lgan masalalardan tashqari, olim yana ko‘p mavzularga to‘xtaladi. Alloh va uning sifatlari, Qur’on yaratuvchisining qudrati, Qur’onning manbalari, esxatologiya va taqvo, avliyolarni hurmat qilish va zohidlik, jamoalar o‘rtasidagi ijtimoiy–siyosiy munosabatlar va hatto fiqh ilmining o‘ziga xos muammolariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Bu kitob “as-Suol al-a’zam” (Buyuk savol) deb ham yuritiladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „IMAM AL-MATURIDI by Dr. G. F. Haddad“. As-Sunnah Foundation of America. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
- ↑ {{{title}}}, 2015 — 26-bet. ISBN 9780810879744.
- ↑ „Abū al-Qāsim al-Ḥakīm al-Samarqandī“. Brill Publishers. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ {{{title}}}, 2000 — 125-bet. ISBN 9789231036545.
- ↑ OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 18-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Abulqosim Hakim Samarqandiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |