Abbos II (Eron shohi)
Qiyofa
Abbos II | |
---|---|
Safaviylar sulolasi hukmdori | |
Mansab davri 1642-yil – 1666-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1632-yil |
Vafoti | 1666-yil |
Fuqaroligi | Safaviylar davlati |
Ota-onasi |
|
Abbos II (1632–1666) – 1642-yil maydan 1666-yilgacha hukmronlik qilgan Safaviylar sulolasidan boʻlgan shoh[1].
Abbos II 1642-yil otasi Safiy I vafotidan keyin taxtni egallagan. U tez-tez koʻp sharob ichib, irodasiz hukmdor sifatida tanilgan. Abbos II Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini olib borgan. 1664-yilda Abbos II rus savdogarlariga Eronda erkin savdo qilish imtiyozini bergan. Shuningdek, uning davrida Eronda Yevropa savdogarlarining mavqei kuchayib, fransuz savdogarlariga imtiyozlar berilgan. Abbos II hukmdorligiga qadar Eronda bojsiz ipak savdosi boʻyicha Safiy I tomonidan ingliz va golland savdogarlariga imtiyozlar berilgan[2].
Eron shohi safaviy Abbos II 1666-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abbas II. Encyclopaedia Iranica“. 2017-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
- ↑ Пигулевская Н. В., [кубовский А. Ю., Петрушевский И. П., Строева Л. В.,Беленицкий А. М. История Ирана с древнейших времен до конца XVIII века. — M., 1958. (Wayback Machine saytida 2010-11-26 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |