Paul Dirac
Paul Dirac (talaffuzi: Paul Dirak) (1902.8.8, Bristol — 1984) — ingliz nazariyotchi fizigi, kvant mexanika asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1930-yildan). Bristol (1921) va Kembrij (1926) universitetlarini tamomlagan. Kvant elektrodinamika va gravita-siyaning kvant nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari kvant mexanika va kvant elektrodinamikaga, maydon va elementar zarralar nazariyasiga, gravitatsiya nazariyasiga doyr. Kvant statistika (Fermi—Dirak statistikasi)ni ishlab chiqqan; ikkilamchi kvantlash usulini taklif qilib, kvant nazariyasi prinsiplarini birinchi boʻlib elektromagnit maydon uchun tatbiq etgan (1927), kvant maydonning birinchi modelini topgan; elektronning kvant mexanika nazariyasini nisbiylik nazariyasip moslab ishlab chiqqan (1928), bu nazariyaga asosan pozitron topilgan; tabiatda antimoddaning mavjudligi gipotezasini bayon qilgan (1933); 1962-yilda meon nazariyasini ishlab chiqqan (unda meon elektronning tebranish holati sifatida ifodalanadi). Nobel mukofoti laureati (1933, E. Shryodinger bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |