Giladlik Yair
Appearance
Giladlik Yair (ivritcha: יאיר Yair ha- Giladi) — Isroil qozisi, Menashe qabilasiga mansubligi taxmin qilinadi. Iordan daryosining sharqida joylashgan Gilad shahridan. Uning ismi „Xudo yarlaqagan, munavvar“ degan maʼnoni anglatadi. Eski Ahdda tilga olingan (Hakam. 10:3-5).
Fola vafotidan keyin yigirma ikki yil Isroilni boshqargan. Uning oʻttizta eshak minadigan oʻttiz oʻgʻli va Giladdagi oʻttizta shahri bor edi, bu shaharlar Yair qishloqlari[1] nomi bilan mashhur boʻlgan.
Yair vafot etgan va Iosif Flaviyning soʻzlariga koʻra, Giladdagi Kamonga dafn qilingan (ivritcha: קָמוֹן).
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ „Tolkovaniya na Chis. 32:39“. 2012-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.