Jump to content

Epiderma

From Vikipediya

Oʻsimliklarda epiderma (poʻst) — yosh barglar, novdalar, meva, urugʻ va gullarda oʻsish konusi protodermasidan hosil boʻladigan birlamchi qoplovchi toʻqima. E. hujayralari bir qavat boʻlib joylashgan; sirtdan kutikula, yupqa mum qavati va tirik yoki oʻlik tukchalar bilan qoplangan. E. hujayralari tashqi qobigʻidagi teshikchalar orkali suv va oziq moddalar oʻtadi. E.da kuchli ixtisoslashgan tuzilmalar — ogʻizchalarni yopuvchi hujayralar, har xil funksiyani bajaruvchi trixomalar (tukchalar hosil qiluvchi hujayralar), gidadotlar (oʻsimlikdan tomchi suyuqlik va tuzlarni chiqaruvchi hujayralar) va boshqalar shakllanadi. E. baryer (toʻsiq) funksiyasini bajaradi; ichki toʻqimalarni shikastlanish va qurib qolishdan saqlaydi; gaz almashinuvi, suv bugʻlanishi, shimish va sekret (jumladan, fermentlar va gormonlar) ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.

Yana qarang

[edit | edit source]

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • Atlas po anatomii rasteniy: ucheb. posobie dlya vuzov / Bavtuto G. A., Eryomin V. M., Jigar M. P.. — Mn.: Uradjay, 2001. — 146 s. — (Ucheb. i ucheb. posobiya dlya vuzov). — ISBN 985-04-0317-9.
  • Lotova L. I. Botanika: Morfologiya i anatomiya vыsshix rasteniy. — Izd. 4-e, dop.. — M.: Knijnыy dom «LIBROKOM», 2010. — 512 s. — ISBN 978-5-397-01047-4.