Jump to content

Dalshe deystvovat budem mi

From Vikipediya
„Dalshe deystvovat budem mi“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Gruppa krovi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1986
Janr post-pank
Davomiyligi 3:57
Leybl Gold Castle Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Gruppa krovi“ xronologiyasi
„Proxojiy“ Dalshe deystvovat budem mi „Legenda“

Dalshe deystvovat budem mi“ (ruscha: Dalьshe deystvovatь budem mы, yaʼni „Bundan nari biz chora koʻramiz“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga oʻninchi trek oʻlaroq kiritilgan.

„Dalshe deystvovat budem mi“ qoʻshigʻi „Gruppa krovi“ albomga kiritilgan qoʻshiqlar orasida birinchilardan boʻlib yozilgan. Qoʻshiq 1986-yilning 1-iyunida, Leningrad rok-klubining IV festivalida ilk bor ijro etilgan. Ilk ijro davomida guruhning toʻrt aʼzosi bilan bir qatorda rassom Sergey Bugayev baraban, Dmitriy Pavlov esa sintezator chalgan. Guruh barabanchisi Guryanov festivaldagi ijro haqida soʻzlar ekan, Bugayev barabanlarni yaxshi chala olmaganini, ammo oʻzi buni toʻgʻrilab yuborganini aytgan. Mustaqil „Roksi“ jurnalida ashulaning ilk ijrosi muvaffaqiyatsiz boʻlgani haqida maqola chop etilgan.

Qoʻshiq rejissor Rashid Nugmanovning „Yya-xxa“ (1986) hamda Sergey Lisinkoning „Konets kanikul“ (1986) filmlarida qoʻllangan. 2010-yilda qoʻshiq „Igla Remix“ filmi saundtrekiga kiritilgan. Yangi versiyani yozib olishda „Kino“ guruhi aʼzolari gitarachi Yuriy Kasparyan, bas-gitarachi Igor Tixomirov hamda barabanchi Georgiy Guryanovlar ishtirok etgan.[1]

2011-yilning aprelida bankir Oleg Tinkov qoʻshiqqa cheksiz boʻlmagan huquqni qoʻlga kiritgani maʼlum boʻlgan. „Tinkoff“ banki „Dalshe deystvovat budem mi“ qoʻshigʻini oʻz shioriga aylantirgan.

Jamoa

[edit | edit source]

Manbalar

[edit | edit source]
  1. „Muzыkantы "Kino" vossoedinilisь dlya zapisi saundtreka "Iglы Remiks"“. Lenta (7-sentyabr 2010-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.

Havolalar

[edit | edit source]