Arximed vinti
Qiyofa
Arximed vinti – Arximed ixtiro qilgan suv chiqaruvchi mashina. Arximed vinti ikki tomoni ochiq silindr quvur boʻlib, oʻqiga vint kanali hosil qiluvchi vintli yuza oʻrnatilgan. Arximed vintining bir uchi suyuqlikka tushirilib, ikkinchi uchi suyuqlik quyiladigan joyga oʻrnatiladi. Vint aylanganda suyuqlik quvurdan koʻtarilib, yuqori teshikdan uzluksiz quyilaveradi. Arximed vintining ishi qiya tekislik prinsipiga asoslangan. Shamol yoki suv dvigatellari yordamida harakatga keltiriladigan Arximed vinti quritish va sugʻorish ishlarida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |