Kontent qismiga oʻtish

Viktoriya (Seyshel Orollari)

Koordinatalari: 4°37′25″S 55°27′16″E / 4.62361°S 55.45444°E / -4.62361; 55.45444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 24-sentyabr, 08:58 dagi InternetArchiveBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Viktoriya

inglizcha: Victoria
shahar
4°37′25″S 55°27′16″E / 4.62361°S 55.45444°E / -4.62361; 55.45444
Mamlakat Seyshell orollari
Orol Mae
Hukumat
 • Mer Florens Benstrong
Asos solingan 1876
Avvalgi nomlari Port Royal
Port Viktoriya
Maydon 20.1 km2 (7.8 kv mi)
Viktoriya xaritada
Viktoriya
Viktoriya

Viktoriya (inglizcha: Victoria, [viktɔʁja]) — Seyshel Orollari davlatining yagona shahri va porti, 1976-yildan poytaxti. Mae orolining shimoli-sharqiy sohilida joylashgan. Viktoriyada orol aholisining 1⁄3 qismi istiqomat qiladi.

1841-yildan boshlab shahar Buyuk Britaniya qirolichasi sharafiga Port-Viktoriya, 1960-yildan esa Viktoriya nomi bilan nomlangan.

1756-yilda arxipelag fransuz qirolining mulki deb eʼlon qilinadi va Lyudovik XV ning moliya vaziri boʻlib ishlovchi Jan Moro de Seshell sharafiga nomlanadi. Seyshel orollarining fransuzlar tomonidan mustamlaka qilinishi 1772-yilda[1] boshlanadi va 1778-yilda hozirgi Viktoriya shahri oʻrnida Port-Royal aholi punkti barpo etiladi. 1810-yilda Buyuk Britaniya Parij shartnomasiga koʻra Seyshel orollari ustidan nazorat oʻrnatadi. 1841-yilda inglizlar Qirolicha Viktoriya sharafiga Port Royal nomini Viktoriyaga oʻzgartiradilar.

Jugʻrofiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Hind okeani qirgʻogʻidagi Seyshel orollarining eng kattasi boʻlmish Mae orolining shimoliy-sharqida joylashgan. Mamlakatdagi sezilarli aholiga ega boʻlgan yagona shahar hisoblanadi va unda Mae oroli umumiy aholisining taxminan uchdan bir qismi yashaydi. va Seyshel orollari arxipelagining yagona porti ham aynan shu yerda joylashgan. Viktoriya yaqinida Sent-Anna milliy dengiz parki joylashgan.

Victoriya (Seyshell Xalqaro Aeroporti) 1972–2011 iqlim koʻrsatkichlari
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yil
Yuqori harorat °C (°F) 33.3
(91.9)
33.4
(92.1)
33.5
(92.3)
34.1
(93.4)
33.5
(92.3)
32.6
(90.7)
31.1
(88.0)
31.4
(88.5)
31.6
(88.9)
32.4
(90.3)
34.4
(93.9)
33.4
(92.1)
34.4
(93.9)
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) 29.9
(85.8)
30.5
(86.9)
31.1
(88.0)
31.5
(88.7)
30.7
(87.3)
29.2
(84.6)
28.4
(83.1)
28.6
(83.5)
29.2
(84.6)
29.9
(85.8)
30.2
(86.4)
30.2
(86.4)
30.0
(86.0)
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) 26.9
(80.4)
27.5
(81.5)
27.9
(82.2)
28.1
(82.6)
27.9
(82.2)
26.8
(80.2)
26.0
(78.8)
26.1
(79.0)
26.5
(79.7)
26.9
(80.4)
27.0
(80.6)
27.0
(80.6)
27.1
(80.8)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) 24.3
(75.7)
24.9
(76.8)
25.1
(77.2)
25.3
(77.5)
25.6
(78.1)
24.8
(76.6)
24.1
(75.4)
24.1
(75.4)
24.4
(75.9)
24.6
(76.3)
24.3
(75.7)
24.2
(75.6)
24.6
(76.3)
Minimum past harorat °C (°F) 24.1
(75.4)
21.1
(70.0)
22.1
(71.8)
22.3
(72.1)
21.6
(70.9)
20.9
(69.6)
20.4
(68.7)
19.6
(67.3)
20.2
(68.4)
20.5
(68.9)
21.5
(70.7)
20.0
(68.0)
19.6
(67.3)
Oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori sm (dyuym) 401.3
(15.80)
270.2
(10.64)
195.5
(7.70)
188.1
(7.41)
146.0
(5.75)
102.9
(4.05)
80.3
(3.16)
114.2
(4.50)
150.0
(5.91)
192.8
(7.59)
205.0
(8.07)
303.2
(11.94)
2 349,5
(92.50)
Average relative humidity (%) 83 80 80 80 79 79 80 79 79 79 80 82 80
Oylik o‘rtacha quyoshli soatlar 155.0 175.2 213.9 231.0 254.2 225.0 232.5 232.5 219.0 226.3 204.0 176.7 2 545,3
Mean daily sunshine hours 5.0 6.2 6.9 7.7 8.2 7.5 7.5 7.5 7.3 7.3 6.8 5.7 6.97
Manba: Seyshell Milliy Meteorologiya Xizmati[2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12][13]

Aholisi 30 ming kishi chamasida.

Xalqaro aeroport bor. Hind okeani sohilidagi port. V. orqali chetga kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), dolchin va vanil chiqariladi. V. Afrika bilan Hindiston orasida qatnaydigan kemalarni yoqilgʻi bilan taʼminlaydigan baza.

Oziq-ovqat, mebel, radioelektronika, tamaki sanoati, baliq mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Turizm’ markazi.

  1. Braimah A. „Victoria, Seychelles (1772—)“ (en). BlackPast (2014-yil 22-noyabr). 2017-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
  2. „Climatic Averages for January“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. 2016-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  3. „Climatic Averages for February“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  4. „Climatic Averages for March“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  5. „Climatic Averages for April“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  6. „Climatic Averages for May“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  7. „Climatic Averages for June“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  8. „Climatic Averages for July“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  9. „Climatic Averages for August“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  10. „Climatic Averages for September“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  11. „Climatic Averages for October“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  12. „Climatic Averages for November“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  13. „Climatic Averages for December“. Seychelles Climate Guide. Seychelles National Meteorological Services. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil