Kontent qismiga oʻtish

Mazoviya

Koordinatalari: 52°13′N 21°0′E / 52.217°N 21.000°E / 52.217; 21.000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 16-sentyabr, 11:43 dagi InternetArchiveBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Mazoviya voyevodaligi
Województwo mazowieckie
Flag of Mazoviya voyevodaligi
Polshadagi joylashuvi
Polshadagi joylashuvi
Hududlarga boʻlinishi
Hududlarga boʻlinishi
Koordinatalari (Varshava): 52°13′N 21°0′E / 52.217°N 21.000°E / 52.217; 21.000
Mamlakat Polsha bayrogʻi Polsha
Poytaxti Varshava
Aholi punktlari
Hukumat
 • Joylashuv o'rni Ijroiya kengashi
 • Voyevod Mariusz Frankowski (PO)
 • Marshal Adam Struzik (PSL)
 • YeP Mazoviya saylov okrugi
Varshava saylov okrugi
Hudud
 • Umumiy 35 579 km2 (10 000 sq mi)
Aholisi
 (2019)
 • Umumiy 5 411 446[1]
 • Zichligi 151/km2 (400/sq mi)
YaIM
 • Umumiy €150.3 milliard (2022)
 • Kishi boshiga €27,300 (2022)
Vaqt mintaqasi UTC+01:00 (CET)
 • Yoz (DST) UTC+02:00 (CEST)
ISO 3166 kodi PL-14
Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish W, A
HDI (2021) 0.926[3]
Juda yuqori · 1-oʻrin
Veb-sayt mazovia.pl
* Yana 314 ta gminaga boʻlingan

Mazoviya voyevodaligi yoki Mazoviya provinsiyasi[4] yoki Mazovskaya voyevodaligi[5] yoki Mazoviya viloyati[6]. (polyakcha: województwo mazowieckie, pl) — Polshaning sharqiy qismida joylashgan, Polsha poytaxti Varshavani oʻz ichiga olgan voyevodalik (viloyat)[7].

Mazoviya voyevodaligi 35,579 kvadrat kilometr (13,737 kv. mil) maydonga ega boʻlib, 2019-yilda aholisi 5,411,446 kishini tashkil etgan va bu uni Polshaning eng katta va eng koʻp aholiga ega viloyatiga aylantiradi[1]. Uning asosiy shaharlari Varshava (1.783 million) Varshava metropoliten markazida, Radom (212,230) janubda, Płock (119,709) gʻarbda, Siedlce (77,990) sharqda va Ostrołęka (52,071) shimolda joylashgan. Voyevodalik jami oltita boshqa viloyatlar bilan chegaradosh: shimolda Varmiya-Mazury, shimoli-sharqda Podlyaska, janubi-sharqda Lyublin, janubda Muqaddas Xoch, janubi-gʻarbda Łódź, va shimoli-gʻarbda Kujawy-Pomorze.

Provinsiya nomi hududning anʼanaviy nomi Mazoviya (Polshada Mazowsze, shuningdek, Masoviya deb ham ataladi) ga borib taqaladi, va u taxminan shu hudud bilan geografik mos keladi. Ammo viloyatning janubiy qismi, jumladan Radom, tarixan Kichik Polshaga tegishli boʻlgan; Lomża shahri esa atrofidagi joylar bilan birga tarixan Mazoviyaning bir qismi boʻlgan boʻlsa ham, hozirda Podlyaska voyevodaligi tarkibiga kiradi.

Mazoviya voyevodaligi Polshaning asosiy fan, tadqiqot, taʼlim, sanoat va infratuzilma markazi hisoblanadi[8]. U Polshaning eng past ishsizlik darajasiga ega va juda yuqori daromadli provinsiyasidir[8]. Bundan tashqari, koʻplab tarixiy yodgorliklar mavjudligi va hududining 20% dan ortiq qismini oʻrmonli maydonlar tashkil qilganligi tufayli sayyohlar orasida mashhur[9]. Provinsiyaning Kampinos milliy bogʻi UNESCO biosfera qoʻriqxonasi hisoblanadi.

Varshavaning XVII asrdagi koʻrinishi

Ilk Oʻrta asrlarda bu hududda Mazoviya nomli qadimgi polyak qabilasi yashagan. X asrdan boshlab Polshaning tarkibiga kirgan. Płock 1079-yildan 1138-yilgacha Polshaning mintaqaviy poytaxti boʻlgan. Płockdagi Wzgórze Tumskie ('Sobor tepaligi') – Płock qal’asi va 1075-yilda tashkil topgan Polshaning eng qadimiy yepiskopliklaridan biri boʻlgan katolik sobori joylashgan hudud hisobalanadi. U yerda bir qancha polyak monarxlarining sarkofaglari bor va ushbu hudud Polshaning tarixiy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan[10]. Keyinchalik, Płock, Varshava va Czersk Piastlar sulolasining oʻrta asrlardagi knyazlik qarorgohi boʻlgan.

1505-yilda Radomda Seym (Polsha parlamenti) sessiyasi boʻlib oʻtgan va unda Nihil novi qonuni qabul qilingan. XVI asrda esa Varshavada bir necha Seym sessiyalari boʻlib oʻtgan[11]. Keyinroq, 1596-yilda qirol Sigismund III Vasa Polsha poytaxtini Krakovdan Varshavaga koʻchirdi.

XVIII asrning oxiridagi Polsha parchalanganidan soʻng bu hudud mustamlaka hukmronligiga qarshi bir necha qoʻzgʻolonlarga guvoh boʻlgan. Bular 1794-yilgi Kościuszko qo‘zg‘oloni, 1830–1831-yillardagi Noyabr qoʻzgʻoloni va 1863–1864-yillardagi Yanvar qoʻzgʻoloni.

Ikki jahon urushi oraligʻida bu hudud qayta tiklangan mustaqil Polsha davatining bir qismi boʻlgan. 1920-yilda bu hudud Sovet Rossiyasi tomonidan bosib olingan. Ammo Polsha Varshava jangidagi gʻalaba tufayli oʻz mustaqilligini saqlab qolgan. Hozirgi kunda viloyatning janubiy qismi tez suratlarda sanoatlashib, Polshaning Markaziy Sanoat mintaqasining bir qismiga aylangan.

Ikkinchi jahon urushi davrida bu hudud Germaniya tomonidan bosib olingan, bosqinchilar bu yerda polyaklar va yahudiylarga nisbatan genotsid siyosatini olib borgan. Hududda aholining majburan koʻchirilishi, tinch aholi va harbiy asirlarning qirgʻinlari amalga oshirilgan. Jumladan bunday qirgʻinlar Ciepielów, Śladów, Zakroczym, Ostrów Mazowiecka, Palmiry, Firlej, Ochota va Wolada sodir etilgan. Germaniya koʻplab qamoqxonalar, majburiy mehnat lagerlari va taxminan 700 000–900 000 odam oʻldirilgan Treblinka qirgʻin lagerini hamda polyak, italyan, fransuz, sovet va ruminiyalik harbiy asirlar uchun bir nechta lagerlarni boshqargan[12].

Mazoviya viloyati 1999-yil 1-yanvarda, Polshaning 1998-yilda qabul qilingan mahalliy boshqaruv islohoti natijasida, sobiq Varshava, Płock, Ciechanów, Ostrołęka, Siedlce va Radom viloyatlaridan tashkil topgan.

Maʼmuriy boʼlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazoviya voyevodaligi 42 okrugga boʻlingan, shu jumladan beshta shahar okruglari va 37 ta quruqlik okruglari. Ular 314 ta gmina (munitsipalitet) ga boʻlinadi, ular 85 ta shahar gminasini oʻz ichiga oladi.

Pastdagi jadvalda belgilangan okruglar raqamlar bilan tasvirlangan.
Xaritadagi raqam Inglizcha va polyakcha nomlari Hududi Aholisi
(2019)
Markazi Boshqa shaharlari Barcha griminalari
(km²) (sq mi)
Shahar okruglar
1 Varshava
Warszawa
517 200 1,783,321 1
(2) Ostrołęka 29 11 52,071 1
(3) Płock 88 34 119,709 1
(4) Radom 112 43 212,230 1
(5) Siedlce 32 12 77,990 1
Qishloq okruglari
2 Ostrołęka okrugi
powiat ostrołęcki
2,099 810 88,717 Ostrołęka * Myszyniec 11
3 Płock okrugi
powiat płocki
1,799 695 110,987 Płock * Gąbin, Drobin, Wyszogród, Bodzanów 15
4 Radom okrugi
powiat radomski
1,530 591 152,190 Radom * Pionki, Iłża, Skaryszew, Jedlnia-Letnisko, Przytyk 13
5 Siedlce okrugi
powiat siedlecki
1,603 619 81,265 Siedlce * Mordy 13
6 Żuromin okrugi
powiat żuromiński
805 311 38,688 Żuromin Bieżuń, Lubowidz 6
7 Mława okrugi
powiat mławski
1,182 456 72,906 Mława 10
8 Przasnysz okrugi
powiat przasnyski
1,218 470 52,676 Przasnysz Chorzele 7
9 Ciechanów okrugi
powiat ciechanowski
1,063 410 89,460 Ciechanów Glinojeck 9
10 Sierpc okrugi
powiat sierpecki
853 329 52,077 Sierpc 7
11 Maków okrugi
powiat makowski
1,065 411 45,076 Maków Mazowiecki Różan 10
12 Ostrów Mazowiecka okrugi
powiat ostrowski
1,218 470 72,558 Ostrów Mazowiecka Brok 11
13 Płońsk okrugi
powiat płoński
1,384 534 87,183 Płońsk Raciąż, Sochocin, Nowe Miasto, Czerwińsk nad Wisłą 12
14 Pułtusk okrugi
powiat pułtuski
829 320 51,862 Pułtusk 7
15 Wyszków okrugi
powiat wyszkowski
876 338 74,094 Wyszków 6
16 Gostynin okrugi
powiat gostyniński
616 238 45,060 Gostynin Sanniki 5
17 Nowy Dwór okrugi
powiat nowodworski
692 267 79,256 Nowy Dwór Mazowiecki Nasielsk, Zakroczym 6
18 Legionowo okrugi
powiat legionowski
390 151 117,751 Legionowo Serock 5
19 Wołomin okrugi
powiat wołomiński
955 369 247,288 Wołomin Ząbki, Marki, Kobyłka, Zielonka, Radzymin, Tłuszcz, Jadów 12
20 Węgrów okrugi
powiat węgrowski
1,219 471 66,037 Węgrów Łochów 9
21 Sokołów okrugi
powiat sokołowski
1,131 437 53,992 Sokołów Podlaski Kosów Lacki 9
22 Sochaczew okrugi
powiat sochaczewski
731 282 85,024 Sochaczew 8
23 Warsaw West okrugi
powiat warszawski zachodni
533 206 117,783 Ożarów Mazowiecki Łomianki, Błonie 7
24 Mińsk okrugi
powiat miński
1,164 449 154,054 Mińsk Mazowiecki Sulejówek, Halinów, Kałuszyn, Mrozy, Siennica, Cegłów, Dobre, Latowicz 13
25 Łosice okrugi
powiat łosicki
772 298 30,895 Łosice 6
26 Żyrardów okrugi
powiat żyrardowski
533 206 75,787 Żyrardów Mszczonów, Wiskitki 5
27 Grodzisk Mazowiecki okrugi
powiat grodziski
367 142 94,962 Grodzisk Mazowiecki Milanówek, Podkowa Leśna 6
28 Pruszków okrugi
powiat pruszkowski
246 95 165,039 Pruszków Piastów, Brwinów 6
29 Piaseczno okrugi
powiat piaseczyński
621 240 186,460 Piaseczno Konstancin-Jeziorna, Góra Kalwaria, Tarczyn 6
30 Otwock okrugi
powiat otwocki
615 237 124,241 Otwock Józefów, Karczew, Osieck 8
31 Grójec okrugi
powiat grójecki
1,269 490 98,334 Grójec Warka, Nowe Miasto nad Pilicą, Mogielnica 10
32 Garwolin okrugi
powiat garwoliński
1,284 496 108,909 Garwolin Łaskarzew, Pilawa, Żelechów, Maciejowice 14
33 Białobrzegi okrugi
powiat białobrzeski
639 247 33,524 Białobrzegi Wyśmierzyce 6
34 Kozienice okrugi
powiat kozienicki
917 354 60,253 Kozienice Magnuszew, Głowaczów 7
35 Przysucha okrugi
powiat przysuski
801 309 41,721 Przysucha Odrzywół, Gielniów 8
36 Zwoleń okrugi
powiat zwoleński
571 220 36,222 Zwoleń 5
37 Szydłowiec okrugi
powiat szydłowiecki
452 175 39,766 Szydłowiec Jastrząb 5
38 Lipsko okrugi
powiat lipski
748 289 34,028 Lipsko Solec nad Wisłą, Sienno, Ciepielów 6
* seat not part of the county

Shaharlar va kichik shaharchalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Population density by gmina (at 2007-01-01)

Voyevodalik 10ta shahar va 78ta shaharchani oʻz ichiga oladi. Pastda ular aholi sonining kamayish tartibida keltirilgan (2019-yilgi rasmiy maʼlumotlarga koʻra):[1]

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19884 997 845—    
20025 124 018+2.5%
20115 268 660+2.8%
20215 514 699+4.7%
Manba: pop-stat.mashke.org[13]
Shaharlar (shahar hokimi yoki prezydent miasta tomonidan boshqariladi):
  1. Varshava (1,783,321)
  2. Radom (212,230)
  3. Płock (119,709)
  4. Siedlce (77,990)
  5. Pruszków (62,076)
  6. Legionowo (54,049)
  7. Ostrołęka (52,071)
  8. Otwock (44,827)
  9. Ciechanów (44,118)
  10. Żyrardów (39,896)

Shaharchalar:

  1. Piaseczno (48,286)
  2. Mińsk Mazowiecki (40,836)
  3. Ząbki (37,219)
  4. Wołomin (37,082)
  5. Sochaczew (36,327)
  6. Marki (34,679)
  7. Grodzisk Mazowiecki (31,782)
  8. Mława (31,241)
  9. Nowy Dwór Mazowiecki (28,649)
  10. Wyszków (26,905)
  11. Kobyłka (24,096)
  12. Piastów (22,619)
  13. Ostrów Mazowiecka (22,489)
  14. Płońsk (22,130)
  15. Józefów (20,698)
  16. Milanówek (20,698)
  17. Sulejówek (19,766)
  18. Pułtusk (19,432)
  19. Sokołów Podlaski (18,946)
  20. Gostynin (18,588)
  21. Pionki (18,269)
  22. Sierpc (17,994)
  23. Zielonka (17,588)
  24. Garwolin (17,501)
  25. Przasnysz (17,264)
  26. Kozienice (17,208)
  27. Konstancin-Jeziorna (17,023)
  28. Łomianki (17,022)
  29. Grójec (16,745)
  30. Brwinów (13,601)
  31. Radzymin (13,005)
  32. Węgrów (12,628)
  33. Błonie (12,261)
  34. Góra Kalwaria (12,040)
  35. Warka (11,948)
  36. Szydłowiec (11,736)
  37. Ożarów Mazowiecki (11,719)
  38. Karczew (9,856)
  39. Maków Mazowiecki (9,776)
  40. Żuromin (8,867)
  41. Tłuszcz (8,156)
  42. Nasielsk (7,702)
  43. Zwoleń (7,698)
  44. Łosice (7,049)
  45. Białobrzegi (6,951)
  46. Łochów (6,825)
  47. Mszczonów (6,376)
  48. Przysucha (5,818)
  49. Lipsko (5,501)
  50. Łaskarzew (4,840)
  51. Iłża (4,733)
  52. Pilawa (4,578)
  53. Serock (4,506)
  54. Raciąż (4,384)
  55. Skaryszew (4,371)
  56. Gąbin (4,125)
  57. Tarczyn (4,116)
  58. Żelechów (3,988)
  59. Podkowa Leśna (3,851)
  60. Nowe Miasto nad Pilicą (3,755)
  61. Halinów (3,739)
  62. Mrozy (3,574)
  63. Myszyniec (3,408)
  64. Zakroczym (3,196)
  65. Chorzele (3,088)
  66. Glinojeck (3,019)
  67. Kałuszyn (2,899)
  68. Drobin (2,872)
  69. Różan (2,709)
  70. Wyszogród (2,601)
  71. Mogielnica (2,253)
  72. Kosów Lacki (2,089)
  73. Sanniki (1,961)
  74. Brok (1,941)
  75. Bieżuń (1,846)
  76. Mordy (1,788)
  77. Lubowidz (1,684)
  78. Wyśmierzyce (885)
  79. Jedlnia-Letnisko
  80. Siennica
  81. Cegłów
  82. Sochocin
  83. Dobre
  84. Nowe Miasto
  85. Wiskitki
  86. Maciejowice
  87. Latowicz
  88. Magnuszew
  89. Bodzanów
  90. Osieck
  91. Czerwińsk nad Wisłą
  92. Jastrząb
  93. Odrzywół
  94. Solec nad Wisłą
  95. Jadów
  96. Sienno
  97. Przytyk
  98. Głowaczów
  99. Gielniów
  100. Ciepielów
Varshavadagi voyevodelik idorasi

Mazoviya voyevodaligi hukumatini Polsha Bosh vaziri tomonidan tayinlanadigan provinsiya voyevodi (gubernatori) boshqaradi. Keyin voyevodga oʻz vazifalarini bajarishda voyevodalikning marshali yordam beradi, u voyevodeylik ijroiya organi uchun tayinlangan maʼruzachi boʻlib, sejmik (provinsiya majlisi) tomonidan saylanadi. Mazoviyaning hozirgi voyevodi Konstanty Radziwiłł hisoblanadi.

Mazoviya Sejmi 51 aʼzodan iborat.

Muddat boshlanishi Muddat tugashi Voyevod Partiya Boshqa yuqori lavozimlari
1999-yil 1-yanvar[14] 2001-yil 20-oktyabr Antoni Pietkiewicz AWS Voivode of Kalisz (1990–1991)
2001-yil 21-oktyabr[15] 2006-yil 10-yanvar Leszek Mizieliński SLD Masovian vice-marshal (1998–2001)
2006-yil 10-yanvar[16] 2007-yil 17-yanvar Tomasz Koziński PiS Mayor of Praga-Południe (2002–2006)
2007-yil 18-yanvar[17] 2007-yil 1-fevral Wojciech Dąbrowski PiS Mayor of Żoliborz (2004–2006)
2007-yil 15-fevral[18] 2007-yil 29-noyabr Jacek Sasin PiS Deputy PM (since 2019), MP (since 2011)
2007-yil 29-noyabr[19] 2015-yil 8-dekabr Jacek Kozłowski PO Vice-Chairman of Poland 2050
2015-yil 8-dekabr 2019-yil 11-noyabr Zdzisław Sipiera PiS Mayor of Wola (2005–2006), MP (2019–2023)
2019-yil 25-noyabr 2023-yil 31-mart Konstanty Radziwiłł PiS Minister of Health (2015–2018), MP (2015–2019)
2023-yil 31-mart 2023-yil 13-dekabr Tobiasz Bocheński PiS Łódź Voivode (2019-2023)
2023-yil 13-dekabr Amalda Mariusz Frankowski PO Marshallik mahkamasida Mazoviya Voyevodaligi strategiyasi va mintaqaviy rivojlanish boʻyicha direktor oʻrinbosari (2007-2011)

Varshava shahar kengashi raisi (2018-2023)

Qoʻriqlanadigan hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kampinos milliy bogʻidagi los (UNESCO tomonidan biosfera qoʻriqxonasi deb belgilangan)

Qoʻriqlanadigan hududlarga bir Milliy Bogʻ va toʻqqizta landshaft bogʻlari kiradi. Ular quyida keltirilgan:

Kampinos milliy bogʻi (UNESCO tomonidan biosfera qoʻriqxonasi deb belgilangan)

Bolimów landshaft bogʻi (qisman Łódź voyevodaligida joylashgan)

Brudzeń landshaft bogʻi

Bug landshaft bogʻi

Chojnów landshaft bogʻi

Górzno-Lidzbark landshaft bogʻi (qisman Kuyaviya-Pomeraniya va Varmiya-Mazuriya voyevodaliklarida joylashgan)

Gostynin-Włocławek landshaft bogʻi (qisman Kuyaviya-Pomeraniya voyevodaligida joylashgan)

Kozienice landshaft bogʻi

Mazoviya landshaft bogʻi

Podlaskie Bug daryosi darasi landshaft bogʻi (qisman Lublin voyevodaligida joylashgan)

Tarixiy shakllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi Mazoviya voyevodaligi va Polshadagi tarixiy hududlar

Mazoviya voyevodaligi (1526–1795)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazoviya voyevodaligi, 1526–1795-yillarda (polyakcha: Województwo Mazowieckie) Polsha Qirolligi va Polsha-Litva Hamdoʻstligining maʼmuriy hududi boʻlgan. XV asrdan Polsha-Litva Hamdoʻstligi parchalanishigacha (1795) mavjud boʻlgan. Mazoviya viloyati Płock va Rava voyevodaligi bilan birgalikda Mazoviya provinsiyasini (prowincja) tashkil qilgan.

Mazoviya voyevodaligi (1816–1837)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazoviya voyevodaligi Kongress Polshasining voyevodaliklaridan biri boʻlgan. U Varshava departamentidan tashkil topgan va keyinchalik Mazoviya gubernatorligiga aylantirilgan.

Transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koleje Mazowieckie (Mazoviya temir yoʻllari)

Uchta yirik xalqaro avtomobil yoʻli voyevodalik orqali oʻtadi: Kork–Berlin–Poznan–Varshava–Minsk–Moskva–Omsk (Yevropa yo'li E30), PragaVrotslavVarshavaBialystokHelsinki (E67) va PskovGdanskVarshavaKrakovBudapesht (E77).

Hozirda hududda avtomagistral mavjud boʻlib, A2 avtomagistrali mintaqani, shu bilan birga poytaxtni, Yevropaning qolgan qismi bilan bogʻlaydi. Ushbu avtomagistral voyevodalik orqali gʻarbdan sharqqa oʻtib, uni Belarus va Germaniya bilan bogʻlaydi. Biroq, Polshani Belarus bilan bogʻlash uchun Varshavaning sharqiy qismida A2 hali qurilmagan. S7 tezkor yoʻli Polshaning shimolidan janubga oʻtib, Varshava orqali oʻtadi, S8 esa Varshavani qoʻshni shimoliy-sharqiy viloyatdagi Bialystok bilan bogʻlaydi, shuningdek, u Litvagacha boradigan Via Baltica yoʻlining bir qismini tashkil etadi va janubi-gʻarbdagi Vrotslavga ham olib boradi. S17 esa Varshavani janubi-sharqda joylashgan Lublin bilan va undan keyin Ukrainaga bogʻlash uchun qurilmoqda.

Mintaqada faoliyat yurituvchi ikki asosiy temir yoʻl tashuvchisi – mintaqaviy Koleje Mazowieckie va milliy PKP Intercity. Polshadagi eng band oʻnta temir yoʻl stansiyasidan uchtasi voyevodalikda joylashgan: Warszawa Centralna, Warszawa Wschodnia, Warszawa Zachodnia[20].

Mintaqadagi asosiy xalqaro aeroport bu Varshava Frederik Shopin aeroporti hisoblanadi.

Mazoviya voyevodaligi Polshaning eng boy viloyati hisoblanadi. Viloyatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2021-yilda 596 milliard zlotiyni tashkil etib, Polsha iqtisodiyotining 22.8% ini tashkil etdi. Xarid qobiliyatiga moslashtirilgan aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM oʻsha yili taxminan 123 000 zlotiyga teng boʻlgan[21].

Ishsizlik darajasi 2017-yilda 4.8% ni tashkil etgan va bu milliy va Yevropa oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqori boʻlgan[22].

Year 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017
Ishsizlik darajasi
(%)
12.3 9.1 6.0 6.0 7.4 7.9 8.0 8.0 7.2 6.4 5.5 4.8

Turizmi va Manzaralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Varshava Eski Shahri, UNESCO ning Jahon Merosi Roʻyxatiga kiritilgan va Polshaning tarixiy yodgorligi hisoblanadi

Voyevodalikning eng mashhur turistik manzili poytaxt Varshava shahri boʻlib, uning Eski Shahar va Qirollik Qal’asi UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va Polshaning tarixiy yodgorligi hisoblanadi[23]. Varshavadagi boshqa tarixiy yodgorliklarga Qirollik yoʻli, bir nechta saroylar va bogʻlar kiradi, jumladan, eng mashhurlari Łazienki saroyi va Wilanów saroyi, shuningdek, Varshava Suv filtrlari.

Boshqa tarixiy shaharlar qatoriga eski markazlari va bogʻlari boʻlgan Radom, Yevropaning eng uzun toshli bozori boʻlgan Pułtusk va Polshaning sobiq oʻrta asr poytaxti boʻlgan Płock kiradi. Uning Eski Shahar va Wzgórze Tumskie („Sobor tepaligi“) Płock qal'asi va Płock soborini oʻz ichiga oladi, bu yerda Polshaning bir qancha monarxlarining sarkofaglari joylashgan.

Voyevodalikda bir nechta oʻrta asrlarga oid qal’alar mavjud, jumladan Ciechanów, Czersk, Liw, Płock qal’alari va koʻplab saroylar, jumladan, Otwock Wielki, Guzów, Radziejowice, Krubki-Górki, Sanniki, Korczew va Varshavadagi boshqa saroylar. Cherkov yodgorliklari orasida Płockdagi Mariavit cherkovining markazi boʻlgan Mercy va Charity ibodatxonasi, Polshadagi eng yaxshi saqlangan Romanesk cherkovlaridan biri Czerwińsk nad Wisłądagi Abbey cherkovi va gotika-renessans uslubidagi mustahkamlangan Brochówdagi avliyo Roch, Avliyo Ioann Baptisti cherkovi va Fryderik Chopinning choʻqintirish joyi bor. Otwock, Józefów va Varshavada mahalliy Świdermajer arxitektura uslubi mavjud. Shuningdek, Modlin qal’asi va Varshava qal’asi ham mavjud.

Voyevodalikdagi yagona kurort shahar Konstancin-Jeziorna hisoblanadi.

Zelazowa Wolada va Varshavada Fryderyk Chopin va kimyogar Marie Curie'ning tugʻilgan joylarida ularga bagʻishlangan muzeylar mavjud. Varshavada Fryderyk Chopin muzeyi ham mavjud. Mashhur Uygʻonish davri shoiri Yan Koxanovskiyga bagʻishlangan muzey Czarnolasda joylashgan. Opinogóra Górnadagi Krasiński saroyida Romantizm muzeyi joylashgan.

Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan koʻplab yodgorliklar, jumladan, natsistlarning polyaklarni ommaviy qirgʻin yodgorliklari, Palmiry va Holokost yodgorliklari, shuningdek, sobiq natsistlar Germaniyasining Treblinka qirgʻin lageri, Varshavadagi Pawiak qamoqxonasi va Pruszkówdagi Dulag 121 lageri joylashgan.

Varshavadagi Kazimierz Górski milliy stadioni, UEFA Yevro-2012, 2014-yilgi FIVB voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati, 2017-yilgi erkaklar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha Yevropa chempionati va Polshaning Speedway Gran-prisi arenalaridan biri

Futbol, gandbol, voleybol va basketbol voyevodalikda eng koʻp qiziqish uygʻotadigan sport turlari hisoblanadi. Muvaffaqiyatli klublarga futbol va basketbolda „Legiya Varshava“ va „Poloniya Varshava“, gandbolda esa „Visla Plock“ kiradi.

Hudud tashkil etilgandan beri bir qator yirik xalqaro sport musobaqalariga mezbonlik qilgan, jumladan: 2002-yilgi ogʻir atletika bo‘yicha jahon chempionati, 2003-yilgi konkida uchish bo‘yicha jahon chempionati, 2009-yilgi velosport bo‘yicha jahon chempionati, YevroBasket 2009, UEFA Yevro 2012, 2014-yilgi voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati, Voleybol boʻyicha 2017-yilgi Yevropa chempionati, 2018-yilgi erkaklar voleybol klublari o‘rtasidagi jahon chempionati, 2019-yilgi velosport bo‘yicha jahon chempionati, 2023-yilgi gandbol bo‘yicha jahon chempionati va boshqalar.

Dunyodagi ikkinchi eng chuqur suzish havzasi Mszczonów shahrida joylashgan.

Hudud Polsha poytaxti — Varshavani va Polshaning oʻrta asrlardagi sobiq poytaxtlaridan biri — Plokni oʻz ichiga oladi.

XVII asrda Varshava, Raciąż, Sierpc and Zakroczymda katta shotland jamoalari mavjud boʻlgan, shuningdek, Iłża, Jedlińsk, Radom, Skrzynno, Szydłowiec va Węgrówda ham kichik jamoalar boʻlgan.

Krasiniec qishlogʻi urushlar orasidagi davrda Polshadagi yagona Qalmiq jamoasining yashash joyi boʻlgan.

Arman Katolik cherkovi bor.

  1. 1,0 1,1 1,2 GUS „Population. Size and structure and vital statistics in Poland by territorial division in 2019. As of 30th June“ (en). stat.gov.pl. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  2. „EU regions by GDP, Eurostat“. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  3. „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  4. „Mazowieckie Province“. Archiwum Mazowieckie. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  5. „MAZOVIA heart of Poland“. Mazowieckie Voivodeship. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  6. Viloyat nomining „Mazowsze“ nomidan olingan boshqa inglizcha tarjimasi „Mazowsze vodiysi“ yoki „Mazowsze viloyati“ variantlaridir.
  7. Zych, Maciej. List of English names of major geographical features situated in the territory of the Republic of Poland. United Nations Group of Experts on Geographical Names, 9 March 2023. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun. 
  8. 8,0 8,1 „WHY WARSAW? - Aquatherm Warsaw“. Qaraldi: 2017-yil 10-aprel.
  9. Internet, JSK „Mazowieckie Province“. 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-aprel.
  10. Andoza:Cite Polish law
  11. Konopczyński, Władysław. Chronologia sejmów polskich 1493–1793 (pl). Kraków: Polska Akademia Umiejętności, 1948 — 133, 136, 139–140-bet. 
  12. Megargee, Geoffrey P.; Overmans, Rüdiger; Vogt, Wolfgang. The United States Holocaust Memorial Museum Encyclopedia of Camps and Ghettos 1933–1945. Volume IV. Indiana University Press, United States Holocaust Memorial Museum, 2022 — 224, 314, 328–329, 371, 373-bet. ISBN 978-0-253-06089-1. 
  13. „Division of Poland“ (2024-yil 3-aprel).
  14. „Bez lubuskiego i świętokrzyskiego - Archiwum Rzeczpospolitej“. archiwum.rp.pl. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  15. Redakcja „Zmarł Leszek Mizieliński, były wojewoda mazowiecki“ (pl-PL). Echo Dnia Radomskie (2017-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  16. „Tomasz Koziński Radny m.st. Warszawy“ (pl-PL). um.warszawa.pl. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  17. „Wprost: Dąbrowski jeździł pijany na rowerze“ (pl). Serwis Samorządowy PAP. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  18. „Jacek Sasin“. businessinsider.com.pl. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  19. Polska, Grupa Wirtualna „Jacek Kozłowski ponownie wojewodą mazowieckim“ (pl-PL). www.money.pl. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  20. „Wymiana pasażerska na stacjach“ (pl). Portal statystyczny UTK. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  21. „Oto gdzie powstaje polski PKB. Najszybciej rozwija się Pomorze“ (pl). Businessinsider (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  22. „Regional Unemployment by NUTS2 Region“. Eurostat.
  23. Andoza:Cite Polish law