Kontent qismiga oʻtish

Metafaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 24-avgust, 11:44 dagi ProgrammerBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Metafaza (meta… va yun. phasis — paydo boʻlish) — somatik (tana) hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli, mitozning ikkinchi bosqichi. Metafazada boʻlinish duki toʻliq shakllangan boʻladi. Xromosomalar spirallashib, yorugʻlik mikroskop ostida koʻrinadigan boʻlib qoladi. Xromosomalar ekvatorda joylashib olib, oʻz sentromerasi (birlamchi belbogʻi) bilan boʻlinish dukiga ilashgan boʻladi. Sitogenetik tadqiqotlarda metafaza holatidagi xromosomalar oʻrganiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil