Kontent qismiga oʻtish

Friglar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
The Phryges“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

2024-yil 30-avgust, 18:22 dagi koʻrinishi

The Phryges
Fayl:The Phryges.svg
The Olympic Phryge (left), the official mascot of the Olympics, and the Paralympic Phryge (right), the official mascot of the Paralympics
Mascots of the 2024 Summer Olympics and 2024 Summer Paralympics (Paris)
Creator Gilles Deleris
Based on Phrygian cap

 

Friglar (fransuzcha: [fʁiʒ]; inglizcha: Phryge) Parij 2024 Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy maskotlaridir[1]. Ular Fransiyaning ramzi bo'lgan ikkita antropomorfik Frigiya qalpoqlari asosida yaratilgan.

Tarixi

Tavsif

Delakrua Ferdinand Viktor Ejen (1830) tomonidan "Xalqni boshqarayotgan ozodlik" asarida tasvirlangan iyul inqilobi (Luvr muzeyi). Marianna Frigiya qalpoqchasini kiyib, Ozodlik tushunchasini o'zida ifodalagan.

Frigiya qalpog'i, odatda qizil rangdagi yumshoq shlyapa bo'lib, an'anaviy ravishda hozirgi Turkiyada joylashgan qadimgi qirollik Frigiyada ozod qilingan qullar tomonidan kiyilgan[2]. Fransiya inqilobi boshlangan 1789-yilda Bastiliya davlat qamoqxonasiga hujum qilingan vaqt ayni shu qalpoq kiyilgandan buyon, frigiya qalpoqchasi ozodlik ramzi sifatida, shu jumladan 1924-yil Parijdagi Yozgi Olimpiada o'yinlari davomida kiyilgan[3]. Fransiyaning milliy timsoli bo'lgan Marianna odatda frigiya qalpog'ini kiygan holatda tasvirlangan[4].

Ochilish

2022-yil 14-noyabrda Parij 2024 maskotining paydo boʻlishi bilan ularni “sportga xos, ziyofatni yaxshi koʻradigan va shuning uchun fransuzlarga o'xshaydi” deb ta'riflashgan[5]. Tashkiliy qoʻmita prezidenti Tony Estanguet turli xil hayvondan koʻra, mazkur maskotning “ideal” tarzda tanlanganligini aytgan va fransuzlar uchun qalpoqning erkinlik ramzi va turli maʼnolarni ifodalashi haqida gapirgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Paralimpiada oʻyinlari maskotining nogironligi “inklyuzivlikni targʻib qilish uchun insonlarni harakat qilishga undaydi”[6].

Xususiyatlari

Friglar ikkita qizil uchburchak shaklidagi antropomorf qalpoq ko'rinishida tasvirlangan. Ularning qo'llari qiya holatda va tanasining yuqori qismida ko'rsatilgan[2]. Parij 2024 emblemasi ularning ko'kragidagi aylana ichiga chizilgan[3] va ko'zlarining yon tomonida Fransiya bayrog'i tasvirlangan uch rangli lentalar bilan bezatilgan. Bu ko'rinish Fransiya kokardiga hurmat ramzi sifatida qilingan[3][7][8]. Olimpiada Frigining oyoqlarida ko'k krossovka, Paralimpiada Frigida esa protez oyoq va sog'lom oyog'ida qizil krossovka tasvirlangan[7][9].

Har bir frigga o'ziga xos shaxsiyatga xos bo'lgan xususiyatlar va ta'riflar berilgan. Olimpiada frigi "uslubiy jihatdan aqlli va maftunkor jozibaga ega" bo'lsa, Paralimpiada frigi "bazmlarga o'ch, beqaror va biroz va biroz shoshqaloq" maskotdir[10].

Intellektual mulk

XOQ xalqaro shartnoma, Olimpiya ramzini himoya qilish to'g'risidagi Nayrobi shartnomasi orqali Olimpiya ramzlaridan foydalanish ustidan mutlaq egalik va nazoratni qo'llab-quvvatlagan[11]. Maskotlar erkinlikni ifodalasa-da, ular erkin foydalanilmasligi va tijorat sheriklariga butun dunyo bo'ylab sotish singari eksklyuziv huquqlarni berish orqali daromad keltirishi kerak. Olimpiada o'yinlari mulkining IP bilan himoyalangan aktivlari turli shakllarda bo'ladi:

  • Olimpiya Frigining savdo belgisi : Parij 2024 maskotlari Fransiyada “La Phryge Olympique” va “La Phryge Paralympique” nomlari ostida roʻyxatga olingan savdo belgilaridir.
  • Parij 2024 maskot shiori mualliflik huquqi : "Yolg'iz biz tezroq boramiz, lekin birgalikda tezroq boramiz", chunki Olimpiya va Paralimpiya Firglarining rasmiy shiori mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
  • Friglarning dizayni : Olimpiya Friglarining shakllari dizayn huquqlariga tegishli. Gaaga tizimi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xalqaro miqyosda Friglar dizaynini himoya qiladi.

Olimpiya Frigi va Paralimpiya Frigining maskotlari faqat Olimpiya do'konidagi 150 dan ortiq tovarlarda (kalitlar, pinlar, magnitlar, suv idishlari, bolalar uchun qo'ng'iroqlar, sumkalar, beysbol qalpoqlari, yumshoq o'yinchoqlar va boshqalar) tasvirlangan[12].

XOQning IP huquqlaridan strategik foydalanishi natijasida olingan daromadlar[13] Olimpiada harakati boʻyicha alohida sportchilar, tashkiliy qoʻmitalar, MOQ, Xalqaro sport federatsiyalari va boshqa sport tashkilotlari o'rtasida qayta taqsimlanadi[14].

Qabul qilinishi

Fransiyada maskotning o'yinchoq nusxalarining ko'pchiligi "Xitoyda ishlab chiqarilgan" degan tanqidlarga uchragan[15]. Parij 2024 brendining direktori Julie Matikhine " Doudou et Compagnie kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yumshoq o'yinchoqlarning 18 foizi Bretanda bo'ladi", deb aytgan[16].

Friglarni gigant "trenerdagi klitoris"ga[17] o'xshatishgan va ularga fransuz internet foydalanuvchilari tomonidan le clito national (milliy klitoris) laqabi berilgan.Fransiyaning Libération gazetasi buni Eyfel minorasining an'anaviy fallik ramzidan inqilobiy chekinish sifatida e'tirof etgan[18].

Havolalar

Vikiomborda The Phryges (mascots) mavzusiga oid fayllar bor

  1. „Meet Olympic Phryge and Paralympic Phryge: The story of the Paris 2024 mascots“ (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  2. 2,0 2,1 O'Neill, Shane; Chery, Samantha. „Is the Paris Olympics 2024 mascot so weird it works?“ (en-US). The Washington Post (2024-yil 31-iyul). 2024-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 3,2 Cohen. „What are Phryges? Everything to know about the Paris 2024 mascot“ (en). NBC News (2024-yil 26-iyul). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  4. Darbhamulla, Sruthi. „Paris Olympics 2024: The story behind The Phryges, the mascot“ (en-IN). The Hindu (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  5. Mather. „Liberté, Égalité, Millinery?“ (2022-yil 14-noyabr). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  6. Belam, Martin. „Meet the Phryges: Paris 2024 Olympic and Paralympic mascots unveiled“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Paris 2024 chooses symbol of French Revolution as Olympic mascot“ (en) (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  8. „Paris 2024 Olympic Games: Everything you should know about 'Phryge', the mascot of the summer games“ (en). The Indian Express (2024-yil 26-iyul). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  9. Clark. „Paris 2024 Olympics mascot mocked for resembling 'giant clitorises'“ (en). The Independent (2022-yil 16-noyabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  10. „Paris 2024 Olympic, Paralympic mascots unveiled“. NBC Sports (2022-yil 14-noyabr). 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  11. „Nairobi Treaty on the Protection of the Olympic Symbol“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  12. „The Phryges – Paris 2024 Mascots Star as Olympic Merchandise“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  13. „Olympic Marketing Fact File 23024 Edition“. stillmed.olympics.com (2024).
  14. „The IP journey of an Olympic Games“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  15. „Phrygian cap symbolising French republic chosen as 2024 Paris Olympics mascot“. France 24 (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  16. „Made-in-China 'Phryges' toys are surprise mascots for Paris Olympics 2024“. Radio France International (2022-yil 14-noyabr). 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  17. Chrisafis. „Paris Olympic and Paralympic Games mascots likened to 'clitoris in trainers'“ (2022-yil 15-noyabr). 2024-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  18. Girard. „JO 2024 : vive les Phryges, les mascottes clitoris qui en mettent plein la vulve“. Libération (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.