Kontent qismiga oʻtish

Oʻyin (roman): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
The Game (London novel)“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

2024-yil 7-aprel, 06:23 dagi koʻrinishi

Oʻyin — 1905-yilda Jek London tomonidan yozilgan boʻlib, roman ringda halok boʻlgan yigirma yoshli bokschi, Jo haqida hikoya qiladi. Muallif gazetada sport muxbiri sifatida ishlagan va asarni aynan shaxsiy kuzatishlariga asoslanib yozgan[1].

Syujet

Jo Fleming — yelkan toʼquvchi bo'lib, onasi va singillarining ehtiyojlarini taʼminlaydi, sport klublarida sovrinli oʼyinlarda ishtirok etib, qoʼshimcha daromad orttiradi. Shirinliklar do'konida ishlaydigan Jeneva bilan tanishganidan so'ng ular turmush qurishga qaror qilishadi. Qalligʼining boks bilan shug'ullanayotganidan xabar topgan Jeneva undan bu xavfli faoliyatni tark etishni soʼraydi. Jo bunga rozi boʼladi lekin yangi uyni jihozlash uchun soʼnggi oʼyinda gʼalaba qilib, pul yutushi kerak edi. Ammo boshining orqa qismiga tushgan kuchli zarba tufayli Jo komaga tushib, vafot etadi[2][3][4].

Asar tarixi

Roman yozuvchining boks haqidagi toʼrt kitobdan iborat toʼplamining eng soʼnggisi. Ushbu toʼplamning, ayniqsa „O'yin“ romanining boks kabi bir sport turining adabiy mavzuga aylanishida ahamiyati katta.

Jek London romandagi tartibsiz voqealar rivoji uchun ayblanganda, tanqidchilarga qarata shunday javob beradi: Men nafaqat boks, balki yutuqli o'yinlar haqida ham o'rgandim, tajribalarga ega bo'ldim va boshimdan o'tkazdim. Mana men „O'yin“ ni qanday yozdim[4].

Manbalar

[1] S. Baturin. Biografiya: Jek London (1876 - 1916) (rus tilida)

[2] Sonama Davlat Universiteti

[3] Sayt: „Feedbooks

Havolalar

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. С. Батурин. „{{{title}}}“ (ru).
  2. Jack Londons.net
  3. Librivox.org
  4. 4,0 4,1 Feedbooks