Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

tigʻ

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

TIGʻ Bu ot ПРСda [tng] shaklida choʻziq ū tovushi bilan (142), ТжРСda teg shaklida (393) yozilgan; oʻzbek tiliga forscha shshsli y tovutsshning choʻziqligini tashlab olingan; 'qilich, xanjar, nayza kabi sovuq qurollarning umumiy nomi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 192).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

\f. — qilich, xanjar; tikan, tikanak; nur] 1 Qilich, xanjar, pichoq, nayza kabi sovuq qurollarning umumiy nomi. ◆ Tigʻ yarasi tuzalar, tshx yarasi tuzalmas. Maqol . m ◆ Ammo tigʻ tegib, qoʻl yoki oyogʻi uzilganlar oh-voh urib, madad kutib yotardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Ernazar jsiod, Sherali-ni siyosat bilan yiqitdi va poʻlat tigʻini qinidan tortdi. "Erali va Sherali" .

2 Kesuvchi asbob, qurol-yarogʻ va shu kabilarning keskir qirrasi, dami; turli mashina, mexanizm va shu kabilarning keskich qismi. ◆ Bolta-ning tigʻi. Qilichning tigʻi. shsh Ketmon tigʻi-ni qayiradigan tosh-metin eski paxsalarni qizlar necha chaqirim yerdan tashib kelib, dalaga toʻkishdi. Oybek, „O“ .v. shabadalar. ◆ Qaynarning boʻydor oʻtlari kosilkalarning beomon tigʻlari zarbidan yuztuban yiqilardi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

3 Nishtar, nayza kabi asboblarning oʻt-kir uchi, nayzasi.

Tigʻ tegizmoq (yoki urmoq) 1) biror asbob, qurol bilan kesmoq. ◆ Tepa shoxga aslo tigʻtegiza koʻrmanglar. N. Safarov, „Oliyaxon Sultonova“ .

4 s. t. Stvol, mil. ◆ Koʻsh tigʻ miltiq. yat Vagondan eng keyin tushgan va miltigʻini tigʻidan ushlab, ketmonday yelkasiga qoʻyib kelayotgan Ahmadjon.. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .

5 koʻchma Umuman, tigʻ, nayza kabi taʼsir oʻtkazuvchi narsa, kuch. ◆ Zulm tigʻi. Jabr tigʻi.

m ◆ Ilmu fan tigʻi birlan jahl bagʻrini qon sil. Hamza . ◆ "Uchchiga chiqqan maʼmuriyatchi" degan sarlavha ostidagi maqolaning oʻtkir tigʻi Oyqizga qaratilgan boʻlsa ham.. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

Tigʻ koʻtarmoq Qurol-yarogʻ bilan urush-jangga xezlanmoq, jangga kirmoq, jang qilmoq. ◆ Taqsir, uzr, fuqarochilik, adolat-siz/xikka qarshi yana tigʻ koʻtarishga toʻgʻri keldi. Uygʻun va I . Sulton, Alisher Navoiy. Tigʻ urmoq (yoki tortmoq) Tigʻ-yarogʻ bilan zarb bermoq. ◆ Tigʻurib yaralamoq. yash Qaysi farzand otasiga tigʻ tortar. "Rustamxon" . (Dami) tigʻdan oʻtkazmoq Yoppasiga tigʻ-yarogʻ bilan oʻldirmoq. ◆ Podshoh: -Hech kim menga shu sirni oshkor qilmasa, shahar xalqini dami tigʻdan oʻtkazib, tuproq bilan barobar qilaman, debdi. "Ertaklar". ◆ Yaqinda Ali uyqudan tu-radi, zulfiqorini koʻtarib, dindan chiqqan.. banda/shrni tigʻdan oʻtkazadi, dedilar. S. Ahmad, „Hukm“ . Quyosh (yoki kun, saraton) tigʻi

1) quyosh nuri, shuʼlasi, yogʻdusi. ◆ Kun tigʻida yonib-oʻchib Koʻrinadi ketmonlar. T. Toʻla; 2) quyosh harorati . ◆ Kunlarning birida, saraton-ning tigʻida bogʻbonning etlari uvushibdi, tomogʻi qurishibdi. Yo. Shukurov, „Uch savol“ . Quyosh (yoki kun, tong) tigʻ urdi (yoki tortdi, yoydi, yordi) Quyosh chiqdi, quyosh nur, shuʼla taratdi, yogʻdu sochdi. ◆ Kun tigʻuribqolgan edi. Oʻrtalik allaqachon yorishgan. Gʻ. Gʻulom, „Shum bola“ . ◆ Kun tigʻ tortib, daryoning u tomonida-gi adirlarning sirti toʻq yashil, jilgʻalari qora tusga kirdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Sharq osmonining tepasida tong tigʻ ura boshlagan boʻlsa ham, devorlar, daraxtlar ichiga koʻmilgan shahar hali ancha qorongʻi edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Chosh-goh mahalida quyosh bulutlar orasidan tigʻ yorib chiqdi. R. Rahmon, „Mehr koʻzda“ . Qoʻlga tigʻ olmoq ayn. tigʻ koʻtarmoq. ◆ Urushni boshlagan men emas, sensan, endi jazosini tortasan oʻzing, Koʻlga tigʻ olishga majbur etgan sen. Endi shu tigʻ bilan oʻyilar koʻzing. Uygʻun .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ТИҒ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

tigʻ
1 клинок, лезвие, остриё; ◆ qilich tigʻi клинок сабли; ◆ pichoqning tigʻi лезвие ножа;
2 холодное оружие, клинок, меч, булат; ◆ tigʻ koʻtarmoq 1) поднять (держать в руках) клинок; 2) перен. подняться на битву (с кем-л.); ◆ tigʻdan oʻtkazmoq изрубить; перерубить; ◆ tigʻi parron см. parron;
3
перен. луч; ◆ saodat quyoshiniig tigʻi yarq etdi блеснули лучи солнца счастья; ◆ kun tigʻ urdi (или tortdi) солнце взошло; ◆ Samandarov kun tigʻ tortganda... chiqib ketdi (А. Ќаћћор, «Ќўшчинор») Самандаров... ушёл, как только взошло солнце; ◆ oftob tigʻida на солнцепёке;
4 разг. ствол (оружия);
5 перен. остриё; ◆ tanqid tigʻi остриё критики.