Zahabiy
Zahabiy, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad (1274, Damashq — 1348) — mashhur tarixchi va muhaddis. Damashq va Qohira madrasalarida tahsil olgan, soʻng Damashq madrasasida mudarrislik qilgan. Islom olamida tarix va hadis allomasi sifatida shuhrat qozongan.
12 jildli "Taʼrix al-Islom" ("Islom tarixi"), "AlIbar" ("Ibratlar"), "Siyar annubalo" ("Olijanob kishilar siyratlari"), "Tabaqot alxuffoz" ("Hadis hofizlari tabaqalari"), "Tabaqot alqurroʼ" ("Qorilar tabaqalari"), "Miyzon aliʼtidol fiy naqd arrijol" ("Hadis roviylariga baho berishning adolatli mezoni") kabi islom tarixi va hadisga doir koʻplab asarlar yozgan. Bulardan eng mashhuri "Taʼrix alIslom" asari boʻlib, unda Oʻrta Osiyo, jumladan Movarounnahr tarixining oʻrganilmagan jihatlarini oydinlashtiruvchi koʻplab muhim maʼlumotlar bor.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |