Yopinchiq
Yopinchiq — ayollar boshi ustidan yopadigan kiyim; ayollar qomatini kishi koʻzidan yashirib turadigan keng toʻrtburchak shaklidagi mato. Rangbarang ip (ipak) bilan kashta tikib, piston, nozik, koʻzlar qadab bezatiladi. Toʻylarda va koʻchaga chiqqanda Yo. tutilgan. Yo. kishilik kiyimi boʻlishi bilan birga kelinlar sepiga ham kiritilgan, nikoh libosining asosiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston hududida Yo.ning paranji, sarandoz, jelak va b. turlari mavjud. Yelkaga tashlab yuriladigan yengi uzun chopon shaklidagi turi mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida yuzaga kelgan. Oʻzbekiston hududidan topilgan qad. davr madaniy yodgorliklari (mayda sopol haykalchalar) bu yerda qadimdan Yo. boʻlganligini koʻrsatadi; kushanlar davrida Yo. chetlari (bari va etagi) aylana shaklidagi metall nishonlar bilan hoshiyalanib, keyinroq qora magʻiz va yoqasida 1—2 uchburchakli qaytarma bilan bezatilgan. Islom dini hukmronligi davridan boshlab boshga (baʼzan qora toʻr bilan yuzni berkitgan holda) yopa boshlaganlar; shu tarzda paranjining dastlabki nusxalari paydo boʻlgan (16—17-asrlar). 18—19-asrlarda keng Tapkalgan, 20-asr oʻrtalarigacha saqlangan. 20-asr oʻrtalaridan yana Yo. urf boʻla boshladi, faqat Fargʻona vodiysida Yo. oʻrniga katta gulli (shol) roʻmollardan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |