Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Masalan, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rangli. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. Rangli asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom Rangli ifoda vositalari (kompozitsiya, rasm, rang, ritm va hokazo) orqali roʻyobga chiqaradi. Parterit. asarlari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va hokazo), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va hokazo), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. Rasimning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻy-xayollarni aks ettirishi mumkin. Rangning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. R. asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. Rangli. asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻldiradi. Rangli asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va boshqa

Rangli tasvir qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Janubiy Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shimoliy Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqalarda Rangli asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik davrida rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan.sharqiy Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental R. rivojlandi. Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yoʻnalishda asarlar ishlandi.

Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan R. diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita tavmat qildi, nursoya, chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, portret, natyurmortlar yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari tasavvur beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik boʻyoqlar, nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga tush, akvarel va guash boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidsi. Uygʻonish davrida R.ning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik sanʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh R. ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor ortdi. 17—18-asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni egalladi. R. janrlari kengaydi, monumental R. bilan dastgoh sanʼati keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal R. yanada mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh R.)ning jahon xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar oʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali voqealariga bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan, rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada — P.Jeriko, E.Delakrua; Germaniyada — F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda tasvirni na faqat haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar tuslanishi va birbirining rangiga taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi (Angliyada — J.Konstebl, Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari koʻrsatildi, milliy tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin, V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. 19-asr 70-yillaridan rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar (K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida oʻrinni egalladilar. Ular R. yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik, musiqa, adabiyot va boshqa sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (qarang Impressionizm). 19-asrda moyboʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-asr R.ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.

Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari ijodkor subyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.

Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). 20-asr 60-yillar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika R.ida avangard sanʼati — popartnpng unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.

Oʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy sanʼat, Zarautsoy rasmlari). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik boshlarida R. oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu davrlar R.i yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida monumental R. (devoriy rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keldi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi va 20-asrda oʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.

Adabiyot

tahrir
  • Taktash R.X., Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976.

Nemat Abdullayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil