Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻli

Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻli (1874 — Navoiy viloyati Xatirchi tumani Qatagʻon qishlogʻi — 1941) — shoir, dostonchi[1].

Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻli
Muhammadqul Jomurod oʻgʻli
Tavalludi 1874-yil
Vafoti 1941-yil
Fuqaroligi Buxoro amirligiRossiya imperiyasi
Kasbi Baxshi, cho'pon
Faoliyat yillari 18991941

Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi vakili. Jassoq baxshi (19-asr)ning shogirdi. Yoshligidan yetimlikda oʻsgan, doʻmbira chertishni, doston va termalar aytishni oʻrgangan. 25 yoshida yetuk dostonchi sifatida tanilgan. P. 70 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va kuylab kelgan: „Goʻroʻgʻli“ turkumidagi dostonlar, „Qironxon“, „Orzigul“, „Alpomish“, „Yodgor“, „Rustam“ turkumi va boshqa Re-pertuarlari mavzu va janr jihatidan turli-tuman boʻlib, ularda oʻzbek xal-qining oʻtmishidagi hayoti, urf-odatlari, intilishi va orzu-umidlari ifodalangan. „Hasan batrak“ (1927) dostonida oʻzbek mehnatkashlarining yer va suv haqidagi orzu-tilaklari, bu yoʻldagi kurashi aks etgan. Poʻlkan kuylagan anʼanaviy dostonlar ham gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. P. ijodi oʻzbek folklori taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi.

Hayoti

tahrir

Poʻlkan  yoshligidan yetim qoladi. 10 yoshidan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Ko‘p o‘tmay cho‘ponlik qila boshlaydi. Shuning uchun podani biror o‘tloqqa haydaganidan so‘ng, uni nazorat qilishdan boshqa ishi bo‘lmaydi. Natijada, do‘mbira chalib vaqt o ‘tkazishni boshlaydi. Doʻmbra yordamida oʻzi bilan dostonlardan parchalar aytib yuradi. Katta ustozlik tajribasiga ega Jassoq baxshi unga ustozlik qilib baxshilik sirlarini oʻrgatgan.

Jassoq baxshining 4 yil  u bilan mashq qilishi oqibatida Jomrot  baxshichilik tajribasiga ega boʻldi. 25 yoshida xalq mehrini qozonib,  taxminan 1899—1900-yillarda mashhur baxshi sifatida tilga tushdi.

1914-yilda Muhammadqul Jonmurod oʻgʻli 40 yoshda ekanida chor Rossiyasi podshohsi Nikolay II farmoniga binoan Turkiston oʻlkasidan birinchi jahon urushida qora ishlami bajarish uchun mardikorlikka olish boshlanadi. Poʻlkan ham  mahalliy aholi qatorida tugʻilgan yurtini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Yaʼni qishlogʻidagi Boʻriboy ismli bir badavlat odam mardikorlikdan ozod boʻlish pul toʻlaydi va uning oʻmiga Muhammadqul mardikorlikka olinadi va Rossiyaga olib ketilgan.  Mardikorchilik  natijasida baxshining „Mardikor“ dostoni dunyoga kelgan. Unda oq podshoh zulmiga, oʻzbek xalqiga hech qanday aloqasi yoʻq urash tashvishlariga boʻlgan norozilik oʻzining badiiy ifodasini topgan. Poʻlkan nomi esa „polk“ soʻzidan olingan boʻlib, mardikor boʻlib yurgan paytlardan xotira sifatida front orqasidagi polkda xizmat qilgani uchun unga taxallus boʻlib qolgan.

Oʻzbek folklorshunosligi fani rivojiga munosib qissa qoʻshgan olimlar V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov 1947-yilda nashr qilingan „Oʻzbek qahramonlik eposi“ kitobida Poʻlkan ijrosidagi „Qironxon“ dostoni 20000 misra sheʼrdan iborat ekani qayd etilgan[2].

Adabiyot

tahrir
  • Afzalov M., Poʻlkan shoir, T., 1955;
  • Poʻlkan shoir, Maqolalar toʻplami, T., 1976.[3]
  • Goʻroʻgʻlining tugʻilishi, T., 1967;
  • Gulnor pari, T., 1967;
  • Hilomon. Goʻroʻgʻli turkumi dostonlaridan. T., 1970;
  • Hasanxon, T., 1976.

Manbalar

tahrir
  1. Rahmon Xolmurodov. Xatirchi tumani tarixidan lavhalar (o'zbekcha). Toshkent, Fan 1996 — 96-bet. 
  2. Жирмунский B.M., Зарифов X.T. Узбекский народный героический эпос (ruscha). Москва: ОГИЗ, 1947 — 47-bet. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil