Masturbatsiya
Masturbatsiya (masturbatio; lotincha manus — qoʻl, stupro — bulgʻamoq) yoki onanizm (Bibliyadagi personaj Onan nomidan) — shahvoniy hisni qondirish maqsadida jinsiy aloqasiz erogen sohalar va jinsiy aʼzolarni sunʼiy taʼsirlab yoki ruhan tasavvurlash yoʻli bilan shahvoniy hisni qoʻzgʻatib orgazm — shahvoniy lazzat olish.
Masturbatsiya, asosan, balogʻatga yetish davrida koʻproq kuzatiladi va haqiqiy jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topishi mumkin. Haddan tashqari tor ichki kiyim kiyilganda ham jinsiy aʼzolar taʼsirlanadi, pornografik filmlar, suratlar, erotik raqslar, oʻyinlar, filmlar, hikoyalar, tush koʻrishlar va shu mazmundagi kitoblarni oʻqish, jinsiy aloqalar mavzusida soʻzlashish masturbatsiyaga bahona boʻlishi mumkin.
Masturbatsiya odat tusiga kirib qolganda, salbiy oqibatlarga olib boradi.[manba kerak] Yuqorida keltirilgan sabablar bartaraf etilsa, bu odat asta sekin barham topadi. Bundan tashqari, oʻsmirlarda masturbatsiyaning rivojlanishiga yordam beradigan kasalliklar (ekzema, gijjalar, ayniqsa, ostritsalar va qabziyat)ni yoʻqotish ham ijobiy natija beradi.[manba kerak] Masturbatsiya oligofreniya, psixopatiya, shizofreniya va ruhiy kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Masturbatsiyaning oldini olish uchun oʻspirinlar har kuni toza havoda sayr qilishlari, badan tarbiya va foydali mehnat bilan shugʻullanishlari lozim.[manba kerak]
Manbalar
tahrirVikiomborda Masturbatsiya haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |