Luriston
Luriston — Gʻarbiy Erondagi tarixiy viloyat. Qadimda bu hududda kassitlar yashab, u Elam davlati tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 10—9-asrlarda Jan. Eron qabilalari kelib joylashgan. Kichik Lotaringiya— lurlar viloyati. Katta Lotaringiyaesa baxtiyoriylar, mamasenilar, koʻhgiluylar yurti boʻlgan. Hozirgi Eronda — oston (maʼmuriyhududiy birlik). Bosh shahri — Xurramobod[1].
Uston | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Xurramobod |
Yirik shahari | Kuhdasht, Dalfon, Aligudarz |
Rasmiy tili | lur shevasi |
Aholi | 1 716 527 |
Maydoni |
28 294 km² (oʻ %) |
Xaritada | |
33°29′14″N 48°21′14″E / 33.48722°N 48.35389°E |
Etnik tarkib
tahrirLuriston viloyati mo‘tadil iqlim va tog‘li mintaqalardan iborat bo‘lgani uchun yashil yaylovlar va maysazorlar atrofidagi qabilalarga yashash uchun munosib yer hisoblanadi. Luriston etnik tarkibi lur va lak qabilalaridan iborat. Bu ikki qabila sheva, an‘ana va ba‘zi diniy masalalarda bir-biridan farq qiladi.
Milliy va mahalliy marosimlar
tahrirEron madaniyati va sivilizatsiyasi tarixida bayramlar negizi qadimiy Eronning afsonaviy sulolasi Peshdodiylar davriga borib taqaladi. Luriston milliy marosimlari diniy, milliy va mahalliy guruhlarga bo‘linadi. Bu bayramlar boshqa viloyatlarda bo‘lgani kabi bu mintaqada ham keng nishonlanadi. Mahalliy bayramlardan nikoh marosimlarini, ayniqsa lurlar va laklar o‘rtasidagi nikoh marosimi hamda chamar marosimini misol tariqasida keltirish mumkin.
Milliy o‘yinlar
tahrirViloyat milliy o‘yinlariga dol pelun, ko‘lov ravangi, karvan, das choleki va boshqa turdagi o‘yinlarni misol qilib keltirsa bo‘ladi.
Musiqa va raqs sanʼati
tahrirArxeologik tadqiqotlar va qadimdan saqlanib musiqiy matnlar viloyatda musiqa sanʼati turli yo‘nalishlar va mavzularda yaxshi rivojlanganligini hamda bu madaniyat viloyatda nechog‘lik uzoq tarixga ega ekanligini isbotlaydi. Bastakorlik Luriston viloyatining eng qadimiy san‘at turlaridan bo‘lib, undan asosan nikoh, aza-motam marosimlarida, kundalik hayotlarida foydalanishgan. Bastakorlar tomonidan mahalliy kuylar asosida bastalangan musiqalar quyidagi mazmundagi qo‘shiqlarga bo‘lingan: sho‘x kuylar, motam kuylari, diniy kuylar, afsonaviy kuylar, g‘amgin kuylar va ishqiy kuylar. Lur cholg‘u asboblari esa quyidagilardan iborat: surnay, duhul, kamoncha, tunbak, duzla, balur.
Luriston madaniyatining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri bu raqs sanʼati bo‘lib, odamlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlagan samimiy va iliq muhitni vujudga keltirgan. Bu omil esa mashaqqatli ko‘chmanchilik hayoti uchun insonlarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ozuqa olishlariga sabab bo‘lgan. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, ko‘pgina qabila va elatlarda ayollar erkaklar bilan birgalikda yelkama-yelka turib hatto gohida ulardan ko‘proq darajada ishlashgan va muhim ishlar hamda yumushlarning taqsimlanishida ham ishtirok etganlar. Erkaklar va ayollar birgalikda ishtirok etadigan shodiyonalari va urf-odatlaridan eng muhimlari sifatida uch oyoq raqsi, jiron-jiron raqsi, hey date, hase yoki ho‘vas raqslarini keltirsa bo‘ladi.
Milliy va mahalliy liboslar
tahrirMilliy liboslar viloyatga keladigan turistlar diqqatini o‘ziga jalb qilish bilan birgalikda mintaqa madaniy boyligining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Qabila ayollari milliy liboslari quyidagilardan iborat: jo‘ume, kalanje, sardori yoki kamarchi, tare yoki go‘lvani, shovoLotaringiyaLusriston erkaklari milliy kiyimlari esa quyidagilardan iborat: jo‘ume yoki karson, sharf. Satre, kulohi namadiy, chug‘o, kapanak yoki farjiy, sardoriy yoki kamarchin va boshqa milliy liboslar.
Hunarmandchilik
tahrirMintaqa hunarmandchilik mahsulotlari asosan mintaqa aholisining oʻzi tomonidan ishlatilgan. Bu soha mahsulotlarining ortiqchasi boʻlmaganligi uchun ham aholining oʻzigina undan foydalangan va bozorlarda sotuvga chiqmagan. Ular quyidagilardir: savatchilik, gilamdoʻzlik, qora chodir tikish, chitdoʻzlik, sholchadoʻzlik va boshqa koʻp sohalarda qoʻl keladigan asbob, maishiy hayot anjomlari va turli mahsulotlar tayyorlangan.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirLuristonda koʻplab tarixiy va goʻzal boʻlgan joylarni uchratishimiz mumkin. Bu Luriston viloyatining oʻziga jalb qiluvchi yana bir jihati. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Puli Duxtar koʻprigi, Falak ul-aflok qalʼasi, Kalmokoʻra gʻori, Guhar koʻli, Imomzoda Jafar maqbarasi, Burujard shahri va boshqalar[2].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 238-239-240-241-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |