Fatalizm
Fatalizm – (lot. fatalis – taqdirga oid) – hamma voqealarning azaldan belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi taʼlimot; mavhum taqdirga (antik stoitsizm), „peshonaga yozilgan“ taqdiri azalga (islom va boshqadinlar) ishonish. Fatalizm narsa va hodisalarning rivojlanishi, shu jumladan, insonning hayoti va oldindan belgilanganligi va binobarin, yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishini inkor etadi. Falsafa tarixida fatalizmni iroda erkinligi qanday hal qilinganligiga qarab 3 asosiy turga ajratish mumkin: mifologik fatalizm – irodani aqldan tashqarida, „qorongʻi taqdir“ deb qaraydi; teologik fatalizm – taqdir xudo qudratiga bogʻliq, inson tugʻilishidan oldin uning kim boʻlishi, nimalar qilishi peshonasiga yozib qoʻyilgan deyiladi. Bu nazariya kalomnint eng muhim aqidalaridan hisoblanadi, u kalvinizm va yansenizmda oʻzining izchil ifodasini topgan; ratsionalistik fatalizm (mexanistik determinizm bilan qoʻshiluvchi) – tasodifni va inson irodasi azaliy taqdirning zarur sharti deb qaraydi.
Uning namoyandalari (pifagorchilar, Demokrit, Nitsshe va boshqalar) doiraviy aylanishning muayyan davrasida voqealar mutlaq takrorlanishini taʼkidlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |