Diviziya
Diviziya (lotincha divisio — boʻlinish) — koʻpgina davlatlarning turli xildagi qurolli kuchlari va qoʻshin turlarida asosiy taktik birlashma. Birinchi boʻlib D. 17-asrda Fransiyada, 18-asrning boshlarida Rossiyada paydo boʻldi. D. polklar (brigadalar) yoki batalonlar, shuningdek, turli qoʻshin turlarining qism va boʻlinmalaridan va maxsus qoʻshinlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qoʻshinlarni D.ga ajratish yoʻq.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |