Ashxaratsuyts
Ashxaratsuyts (armancha: Աշխարհացոյց) — qadimgi Armaniston geografiyasi va kartografiyasiga oid yodgorlik, 7-asr boshlarida tuzilgan.[1][2] Uzoq vaqt davomida Movses Xorenatsi asar muallifi deb hisoblangan, ammo hozirgi kunda aksariyat tarixchilar Ananiya Shirakatsini „Ashxaratsuyts“ muallifi deb hisoblashmoqda. Yodgorlikda armanlarning milliy oʻziga xosligi va birligi tushunchasi aks etgan hisoblanadi.[3]
Mazmuni
tahrirGeograflar uchun bugungi kunda deyarli butunlay yoʻq boʻlgan qadimgi Oʻrta Fors geografik asarlari, shuningdek, mahalliy Kavkazorti materiallari[2] manba boʻlib xizmat qildi. „Ashxaratsuyts“ning birinchi qismida dunyo, uning relyefi, iqlim zonalari, dengizlari va boshqalar haqida umumiy maʼlumotlar keltirilib oʻtilgan. Ikkinchi, kengroq qismida oʻsha paytlarda maʼlum boʻlgan qitʼalar — Yevropa, Liviya (Afrika) va Osiyo tasvirlangan. Ularning joylashuvi koʻrsatilgan, ushbu qitʼalarda yashaydigan xalqlar nomlari berilgan, asosiy dengizlar, togʻlar, daryolar, foydali qazilmalar, flora, hayvonot dunyosi va boshqalar haqida tanishtirilib oʻtilgan.[2] „Ashxaratsuyts“da asosiy eʼtibor Gʻarbiy Osiyo mamlakatlari hisoblanmish Armaniston, Iberiya, Kavkaz Albaniyasi, Onadoʻli, Suriya, Eron, Mesopotamiya va Sarmatiyani tavsiflashga qaratilgan.
Nashr qilish
tahrir"Armaniston geografiyasi" kitobining ruscha tarjimasi kirish soʻzida (Sankt-Peterburg, 1877-yil) K.P.Patkanov ushbu asar asl nusxada 1683-yilda Marselda nashr etilganligini keltirib oʻtgan. 1736-yilda kitob William Whiston tomonidan Movses Xorenatsi tarixi bilan birgalikda lotin tiliga tarjima qilingan va „Mosis Chorenensis Geographia“ kitobi bilan bir xil jild ostida nashr etilgan. Keyin fransuz tiliga tarjimasi Antoine Jean de Saint-Martin tomonidan „Armaniston haqida yozishmalar“ kitobining ikkinchi jildida nashr etildi (fransuzcha: Mémoires sur ľArménie; 1819-yil, s. 301-394).
„Ashxaratsuyts“ning taniqli tadqiqotchilari S.T.Yeremyan, Y.A.Manandyan, G.X.Sarkisyan, E.L.Danielyan, A.J.Arutyunyan hisoblanadi. Uzoq vaqt mobaynida Movses Xorenatsi „Ashxaratsuyts“ muallifi hisoblangan. Ammo yaqinda tadqiqotchilar — E.L.Danielyan va A.J.Arutyunyan, ushbu asl manbaning soʻnggi versiyasi Ananiya Shirakatsi tomonidan tahrirlangan va toʻldirilganligini oqilona isbotlab berishdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Armenian Literary Culture through the Eleventh Century“, . The Armenian People From Ancient to Modern Times: The Dynastic Periods: From Antiquity to the Fourteenth Century. St. Martin’s Press, 1997 — 222-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 А. П. Новосельцев. Хазарское государство и его роль в истории Восточной Европы и Кавказа, 1990 — 30-bet.
- ↑ Nina Garsoïan „The Marzapane (428—652)“, . The Armenian People From Ancient to Modern Times: The Dynastic Periods: From Antiquity to the Fourteenth Century. St. Martin’s Press — 115-bet.
Havolalar
tahrir- „Armyanskaya Geografiya VII veka po R.X (pripisivavshayasya Moiseyu Xorenskomu)“ / Perevod i podgotovka izdaniya K. P. Patkanova. — SPb., 1877.
- Noviy spisok Armyanskoy Geografii: Iz novogo spiska geografii, pripisivaemogo Moiseyu Xorenskomu // Jurnal ministerstva narodnogo prosveщeniya. Ch. 226. 1883
- The Geography, to which is added a selection of Vardanʼs fables called Aluesagirk., 1668, Amsterdam
- Arutyunyan A.J. Gresiya soglasno dannim „Ashxaratsuysa“-a // Materiali po arxeologii i istorii antichnogo i srednevekovogo Prichernomorya. 2016. № 8. S. 335—345. [1]
- Arutyunyan A.J. Drevniy Kitay soglasno dannim „Drevnearmyanskoy geografii“ ili „Ashxaratsuys“-e // Materiali po arxeologii i istorii antichnogo i srednevekovogo Prichernomorya. 2017. № 9. S. 367—374. [2]
- Arutyunyan A.J. Tridsat tretya strana Vseobщey Azii po „Drevnearmyanskoy geografii“: Arik (Ariana—Ariya) ili Parfiya? // Materiali po arxeologii i istorii antichnogo i srednevekovogo Prichernomorya. 2019. № 11. S. 505—516. [3]