Andries Jonker
Andries Jonker (1962-yil, 22-sentyabrda tugʻilgan) — Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va sobiq futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 22-sentyabr 1962-yil | ||
Tavallud joyi | Amsterdam, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Netherlands (ayollar) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Volendam | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
De Volewijckers | |||
-1980 | Volendam | ||
1980- | De Volewijckers | ||
De Meer | |||
-1988 | ZFC | ||
Boshqargan klublari | |||
1988—1990 | DRC Amsterdam II | ||
1999—2000 | Volendam | ||
2001 | Netherlands (women) (interim) | ||
2002—2003 | Barcelona (assistant) | ||
2004—2006 | MVV | ||
2007—2009 | Willem II | ||
2011 | Bayern Munich (caretaker) | ||
2011—2012 | Bayern Munich II | ||
2012—2013 | VfL Wolfsburg (assistant) | ||
2017 | VfL Wolfsburg | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jonker Gollandiyaning Willem II, MVV va Volendam klublarini boshqargan, shuningdek, VfL Wolfsburg, FC Barcelona va Bayern Munich klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2014-yildan 2017-yilning fevraligacha u Arsenal akademiyasi rahbari lavozimini egalladi, soʻng u Wolfsburgga qaytib, asosiy jamoa boshqaruvchisi boʻldi[1][2][3][4][5].
Klubdagi faoliyati
tahrirJonker futbolchi sifatida Gollandiyaning Volendam, De Volewijkers, De Meer va ZFC klublarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirJong Oranje
tahrirJonker futbolchilik faoliyatini 1988-yilda DRC Amsterdam II jamoasida boshqarishdan boshlagan. Ikki yil oʻtgach, u Niderlandiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiy lavozimni egalladi. U bu lavozimni etti yil davomida egallab turdi.
FC Volendam
tahrirJonker 1999-yil iyul oyidan keyingi yilning iyun oyi oxirigacha Volendam klubi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[5].
MVV Maastricht
tahrir2004-yil iyul oyida Jonker MVV Maastricht klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Sterrendragerliklarni 2006-yilgi KNVB kubogining chorak finaligacha olib chiqgan[4].
Willem II
tahrirJonker 2006-07-yilgi mavsumda Willem II klubining bosh murabbiy yordamchisi etib tayinlangan. Keyingi mavsumda u Tricoloreslar boshqaruvini toʻliq egallagan. Bosh murabbiy sifatida Jonker yana bir mavsum klubni boshqardi va 2009-yilning fevralida jamoani tark etdi[3].
Bayern Munich
tahrirKeyinchalik Jonker 2009-yilning iyulida Louis van Gaalning yordamchisi sifatida Bayern Munichga oʻtdi. Yordamchi sifatida Jonker Bayern Munich klubi bilan Bundesliga va 2010-yilgi DFB-Pokal dublini qoʻlga kiritdi. Kegingi 2011-yilning aprelida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida mavsum oxirigacha jamoada ishladi[2]. Jonker 2011-yil iyun oyida Bayern Munich klubining yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilindi[6]. Jonker 2012-yilning iyun oyida klubni butunlay tark etdi[7].
VfL Wolfsburg
tahrirJonker koʻp oʻtmay VfL Wolfsburgga qoʻshildi va shu tariqa Bundesligada qoldi. Shunday qilib, Volkswagen Arenada u bosh murabbiy yordamchisi lavozimini egalladi va u yerda Wolvesga 2013-yilgi DFB-Pokal yarim finaliga chiqishiga yordam berdi[8][9].
Arsenal
tahrirJonker 2014-15-yilgi mavsum oldidan Angliyaning Arsenal klubi akademiyasining yangi bosh mrabbiyi sifatida eʼlon qilindi[10]. Klubda Jonkers akademiyaning Hale End bazasini qayta loyihalash va qayta qurishda nufuzli va muhim qismni tashkil qilgan[11][12].
Wolfsburgga qaytish
tahrirJonker 2017-yilning fevralida klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi uchun yana Wolfsburg bilan bogʻlandi[13] Jonker Wolfsburg klubida 2017-yil, 18-sentyabrda murabbiylik faoliyatini yakunladi[14].
Telstar
tahrirVfL Wolfsburgda yordamchi murabbiy sifatida birinchi tayinlanganidan roppa-rosa etti yil oʻtib, Jonker Eerste Divisie klubi SC Telstar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Velsen-Zuid klubida Jonker De Graafshapga ketgan Mike Snoei va Piet Buter oʻrniga bosh murabbiy va texnik direktor etib tayinlandi[15].
2022-yil iyun oyida Jonker Telstar bilan xayrlashdi[16].
Niderlandiya (ayollar)
tahrir2022-yil, 24-avgust kuni Jonker Gollandiya ayollar terma jamoasining Yevro-2022dagi yomon oʻyinidan soʻng ishdan boʻshatilgan Mark Parsons oʻrniga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Jonker Niderlandiya terma jamoasi bilan 2025-yilgacha shartnoma tushdi[17].
Bosh murabbiy sifatidagi statistikasi
tahrir- 2022-yil, 11-sentabr holatiga ko'ra
Jamoa | Dan | Gacha | Natija | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
G | W | D | L | GF | GA | GD | Yutuq% | |||
Volendam | 1999-yil 1-iyul[5] | 2000-yil 30-iyun[5] | 39 | 10 | 8 | 21 | 26 | |||
Netherlands Women | 2001-yil 6-mart | 2001-yil 9-oktyabr | 8 | 5 | 1 | 2 | 60 | |||
Maastricht | 2003-yil 1-iyul[4] | 2006-yil 30-iyun[4] | 118 | 33 | 34 | 51 | 28 | |||
Willem II | 2007-yil 5-noyabr[3] | 2009-yil 17-fevral[3] | 49 | 15 | 8 | 26 | 31 | |||
Bayern Munich | 2011-yil 10-aprel[2] | 2011-yil 9-iyun[6] | 5 | 4 | 1 | 0 | 100 | |||
Bayern Munich II | 2011-yil 9-iyun[6] | 2012-yil 30-iyun[7] | 34 | 8 | 10 | 16 | 24 | |||
VfL Wolfsburg | 2017-yil 27-fevral | 2017-yil 18-sentyabr | 19 | 8 | 4 | 7 | 42 | |||
Telstar | 2019-yil 28-iyun | 2022-yil 20-iyun | 91 | 28 | 27 | 36 | 31 | |||
Niderlandiya (ayollar) | 2022-yil 24-avgust | hozir | 2 | 2 | 0 | 0 | 100 | |||
Karyera jami | 365 | 113 | 93 | 159 | 31 |
Manbalar
tahrir- ↑ Labellarte. „Andries Jonker names Arsenal prodigy he's convinced 'could make it all the way' to the top“. The Boot Room. GRV Media Ltd. (3-aprel 2020-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2021-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „FC Bayern and Louis van Gaal part company“. FC Bayern Munich (10-aprel 2011-yil). Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Willem II » Manager history“. worldfootball.net. Qaraldi: 5-iyul 2017-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „MVV.:. Coaches from A-Z“. Worldfootball. Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „FC Volendam.:. Coaches from A-Z“. Worldfootball. Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Jonker back at work on the training ground“. FC Bayern Munich (10-iyun 2011-yil). Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
- ↑ 7,0 7,1 „Andries Jonker to leave FC Bayern“. FC Bayern Munich (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
- ↑ „Jonker joins Magath at Wolfsburg“. SportingLife.com (30-aprel 2012-yil). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Bayern-Express düst nach Berlin“ (olmoncha). kicker.de (16-aprel 2013-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Andreas Jonker appointed academy manager“. Arsenal.com (20-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 5-avgust 2014-yil.
- ↑ „New Academy facility opens its doors“. Arsenal.com.
- ↑ „Andries Jonker: Feature“. Arsenal.com. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
- ↑ „Andries Jonker neuer Trainer in Wolfsburg“ (olmoncha). BR24 (27-fevral 2017-yil). Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
- ↑ „Vertrag bis 2019: Schmidt neuer Trainer in Wolfsburg“ (olmoncha). kicker.de (18-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2017-yil.
- ↑ Lambers. „Telstar heeft beet: Andries Jonker volgt Mike Snoei op als trainer“ (niderlandcha). Haarlems Dagblad (28-iyun 2019-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Jonker stopt na drie jaar als trainer van Telstar en wil stap hogerop“ (niderlandcha). NU.nl (20-iyun 2022-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
- ↑ „Andries Jonker nieuwe bondscoach OranjeLeeuwinnen“.