Tall moyi
Tall moyi, tallol — qora tusli qovushoq suyuqlik. Zichligi 960–990 kg/m1; 30—50% smola kislotalari, 35—55% yogʻ kislotalari (olein, linolen va boshqalar), 8—20% neytral moddalar, 4—10% petroley efirida erimaydigan (oksidlangan) moddalar, 8% gacha suv va bir oz miqdorda badboʻy hidli aralashmalardan iborat. Sulfatli sovunni qayta ishlab hosil qilinadi.
Tall moyi emulgatorlar, alifmoy, sikkativlar, linoleum, alkid smolalar, sovun ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tall yogʻ kislotalari lokboʻyoq sanoatida, oziqovqat yogʻi oʻrnida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |