Paleogeografiya
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2024-10) |
Paleogeografiya (paleo… va geografiya) – Yer va Yer poʻstining oʻtgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini oʻrganadigan fan, tarixiy geologiyaning bir qismi. Paleogeografiyaning asosiy vazifasi qadimgi davrlardagi quruklik va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning shoʻrligi, suv osti relyefi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, yer landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir boʻlgan fizikkimyoviy hamda tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. Paleogeografiya togʻ jinslari, ulardagi organik qoldiqlarning tarkibi, strukturasi, teksturasi, joylanishi va boshqalarni batafsil oʻrganishga asoslanadi. U fatsiyalar haqidagi taʼlimot, litologiya, stratigrafiya, tektonika, paleontologiya, paleoekologiya, paleoiqlimshunoslik, geokimyo va geofizika bilan uzviy bogʻliq.
Ilk paleontologik maʼlumotlar oʻrta asr Sharq olimlari, xususan, Abu Rayhon Beruniy asarlarida keltirilgan. Biroq, Paleogeografiya yaxlit fan sifatida XIX asrning oʻrtalaridan tarkib topa boshladi. Biostratigrafiya maʼlumotlari asosida nisbiy geoxronologik shkalaning ishlab chiqilishi, fatsiyalar haqidagi taʼlimotning vujudga kelishi, ingliz geologi Ch. Layel tomonidan aktualizm metodining asoslanishi, turli paleogeografik haritalarning tuzilishi Paleogeografiyaning vujudga kelishiga asos boʻldi.
XX asrning 30-yillaridan paleogeografik rekonstruksiyalar foydali qazilmalarni qidirib topishning zaruriy asosi boʻlib qoldi. Fatsiyalar haqidagi taʼlimot (U. Tvenxofel, D. V. Nalivkin) takomillashdi. Xilma-xil tadqiqot usullari yaratilib, buning natijasida Paleogeografiyada bir necha yoʻnalishlar paydo boʻldi; ular Yerning oʻtgan zamonlardagi tabiiy-geografik sharoitlarini turli tomondan oʻrganadi. Paleoekologik yoʻnalish choʻkindi jinslar tarkibi va boshqa xususiyatlari hamda ulardagi organik qoldikdarni tadqiq etadi; oʻtgan geologik davrning hayvonot va oʻsimlik dunyosi, suv havzalari, ularning qoʻshni dengizlar bilan bogʻliqligi, iqlim sharoiti, shoʻrlik darajasi va boshqa xususiyatlarini oʻrganadi. Paleobiogeografik yoʻnalish ayrim geologik davrlardagi zoogeografiya va flora provinsiyalari hamda oblastlarini belgilab beradi. Paleobiogeofafik, litologik-geokimyoviy va boshqa maʼlumotlar paleoiqlim rekonstruksiyalarida foydalaniladi. Terrigen-mineralogik yoʻnalish muayyan tarkibli chaqiq choʻkindilarning joydan-joyga koʻchish yoʻllari, toʻplanish oblastlari va kelib chiqishini aniqlash imkonini beradi. Geokimyoviy yoʻnalish qadimgi suv havzalari shoʻrligi va fizikkimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyusiyasini oʻrganadi. Shuningdek, autigen mi-nerallar Cl, F, V, Br, Ca, Mg, Sr kabi elementlar konsentratsiyami, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidi [Gʻe(Gʻe2O3)]ning miqdoriga asoslanib, qadimgi davrlar atmosferasining tarkibini aniklaydi. Dinamik Paleogeografiya qadimgi suv havzalari, koʻl, daryolar harakatini oʻrganadi, oqimlarni, choʻkindilar toʻplangan muhit xususiyatlarini tekshiradi. 30-yillardan paleotektonik usul keng tarqaldi. Bu usul fatsiyalarni ajratish, qadimgi yotqiziqlar qalinligi, formatsiyasini aniklashga asoslangan. Paleogeografiyaning maxsus tarmoqlaridan biri paleovulkanologiyadir. U vulkanli oblastlarning paleogeografik rekonstruksiyasi bilan shugʻullanadi. Paleogeomorfologiya qad. relyeflarni oʻrganadi. 1968-yildan okeanlar tubida burgʻilash oʻtkazila boshlashi okeanlar Paleogeografiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri aniklashga imkon berdi.
Paleogeografiya yordamida Oʻzbekiston hududining koʻp qismi mezozoy erasining kello-vey, oksford, alb, turon, senon asrlarida va eotsenda dengiz suvi bilan qoplanganligi aniqlandi. Bu yerlar, aksincha, yura davrining boshlari va oʻrtalarida, boʻr davrining neokom, senoman va turon asrlari 2-yarmida quruqlik boʻlgan. Toshkent atrofi, Qizilqum choʻli, Amudaryo etaklari, Orol dengizi oʻrni va Ustyurt platosida tarqalgan turon asri qumtoshlaridan topilgan dinozavr skeletlari va ulkan daraxtlarning toshga aylangan tanalari hamda quyi va oʻrta yura davrlarida hosil boʻlgan konlar oʻsha davrlar botqoqlik, oʻrmonlar va togʻlar bilan oʻralgan laguna va koʻllar, sayoz daryolar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.
Adabiyot
tahrir- Markov K. K., Paleogeografiya, 2 izd., M" 1960; Ruxin L. B., Osnovi obshey paleogeografii, L., 1962; Geologiya, paleontologiya, paleogeografiya [Sbornik trudov], M., 1973; Popov V. I., Litologiya kaynozoyskix molass Sredney Azii, t. 1-3, T., 1954-56; Babayev A. G., Akramxodjayev A. M., Paleogeografiya neftegazonosnix melovix otlojeniy Uzbekistana, T., 1960.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |