2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari

2001-yil 11-sentabr hurujlari — yoʻlovchi samolyotlarning qoʻlga olinishi va ularni Pentagon binolariga olib borib urilishi natijasida Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada sodir boʻlgan halokatlar silsilasi. Insoniyat tarixidagi eng yirik huruj hisoblanadi.

Butunjahon Savdo Markazi

Ketma-ketlik

tahrir

Birinchi zarba Boston-Los-Anjeles (11-reys) yoʻnalishi bilan uchayotgan «Boing-767» uchogʻining mahalliy vaqt bilan 8:45 da BSMning «Shimoliy minora»siga urilishi boʻldi. Keyinroq (9:03) esa xuddi shunday uchoq (175-reys) «Janubiy minora»ga kirib ketdi. Soat 9:40 da Vashington-Los-Anjeles (77-reys) yoʻnalishli «Boing-757-200» uchogʻi Pentagonga quladi (norasmiy xabarlarga koʻra, qulab tushgan narsa uchoq emas, balki qanotli raketa boʻlgan). Toʻrtinchi, «Boing-757» uchogʻi Pensilvaniya oʻrmonlariga qulagan.

Qurbonlar

tahrir

AQSH hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 2977 kishi halok boʻlgan .

Izohlar

tahrir

Hodisaga Yaqin Sharqdagi Usoma bin Lodin yetakchiligidagi «Al-Qoida» guruhi aloqador, deb gumon qilinadi. Fitnalar nazariyasi ishqibozlariga koʻra, hurujlar Isroil yoki AQSH maxsus boʻlinmalari tomonidan uyushtirilgan, deb hisoblanadi.

Oqibatlar

tahrir

Bu hujum AQSHning Afgʻoniston va Iroq bilan urushga kirishishiga bahona boʻldi.

Shuningdek

tahrir

Havolalar

tahrir