XO‘JA XISRAV MAQBARASI

XO‘JA XISRAV MAQBARASI

Turizmni rivojlantirish instituti

Xo’ja Xisrav maqbarasi Mirsaid Baxrom maqbarasi yonida joylashgan. Ushbu kichik maqbara bir tomonida kanal bilan, boshqa tomonida xususiy uylar bilan chegaradosh. Maqbara hududi chiroyli metal panjara bilan o'ralgan. Binoning o'zi bir gumbazli inshoot bo'lib, kirish portali, perimetri to'rtburchak, pishgan g'ishtdan qurilgan, juda och rangda, qisman naqshli sirlangan plitkalar bilan bezatilgan.

http://photos.wikimapia.org/pbig.jpg

Ichki qismi juda keng - markazda, gulchambarda arab xattotligi yozuvlari bilan ramziy marmar qabr toshi joylashgan. Ziyoratchilar bu yerga kelib, O'zbekistonning shaharlari va qishloqlarining muqaddas joylariga sayohat qilmoqdalar. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra Xo’ja Xisrav samarqandlik bo'lib, XIV asrda Karmanada yashab o‘tgan. Mavlono Orif Deggaroniy, Xo’ja Bahouddin Naqshbandlar bilan zamondosh va hamnafas bo‘lgan shayxlardan biridir. Xo’ja Xisravning hayoti, faoliyati va karomatgo‘yligi haqida Abul Musin Muhammad Boqir Ibn Muhammad Alining “Bahouddin Balogardon” kitobida ayrim tarixiy ma’lumot va rivoyatlar keltirilgan.

https://planeta.uz/wp-content/uploads/2013/11/78951357.jpg

Hozir Xo‘ja Xisrav hazratlarining qabri ta’mirlanib, uning ustiga maqbara qurilgan hamda obod joyga aylantirilgan. Bahouddin Naqshbandiy va Mavlono Orif Degaronniy bilan muloqot qilgan. U taniqli olim, naqshbandiya tariqatining targ'ibotchilaridan biri sifatida xurofat (xurofot) ga qarshi kurashgan. Xo’ja Xisravning hayoti, ijodi va g'ayritabiiy mo'jizaviy qudrati haqida ba'zi tarixiy ma'lumotlar va rivoyatlar Abdulloh Musin Muhammad Bokir ibn Muhammad Alining "Bahouddin balogardon" kitobida keltirilgan. Karmanada yashash uchun kelgan shayx Xo’ja Xisrav umrining oxirigacha naqshbandiya ta'limotining davomchisi bo'lib qoladi, buning uchun u mahalliy aholining hurmatiga sazovor bo'ladi va ular oxir-oqibat uning xotirasini abadiylashtirdilar.

https://planeta.uz/wp-content/uploads/.jpg

Asl maqbara XX asrda vayron qilingan. Maqbara o'rnida faqat Xo'ja Xisravning qabr toshi saqlanib qolgan, uning ustiga zamonaviy materiallardan Xo’ja Xisravning yangi maqbarasi o'rnatilgan.

http://www.esosedi.ru/fiber/.jp

Karmanada muqaddas qadamjo, “Xo‘ja Xisrav” me’moriy obidasi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur yumushlarga Respublika Madaniyat vazirligi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining 3 milliard so‘m hamda homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi. Xo‘ja Xisrav ziyoratgohi ta’mirlashdan so’ng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Quruvchilar tomonidan majmuada katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

USLUBIY TAVSIYALAR:

1. Turistlarga maqbara tarixini gumbazni yaxshiroq ko’rsatgan holda, binoga yaqinroq masofada aytib bering,

2. Maqbaraning ichki qismini ko'rsating

3. Erkin aylanish va tasvirga olish uchun alohida vaqt bering.

Tuzuvchi: Azarenko Y., - birinchi darajali gid.

Tarjimon: To’rayev S., - ikkinchi darajali gid.

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti

👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio

Report Page