Kontent qismiga oʻtish

daʼvo

Vikilug‘atdan olingan
(da'vodan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

daʼ-vo

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – arz, shikoyat, iddao;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 huq. Buzilgan haq-huquqini talab qilish yoki uni himoya etish haqida huquqni himoyalovchi tashkilotlarga qilinadigan murojaat, arz. ◆ Pul daʼvosi. Meros daʼvosi. Chegara daʼvosi. Oʻzimdan chiqqan baloga, Qayga boray daʼvoga. Maqol. ◆ Shu-shu, daʼvosida mahkam turgan Elchiyev qaytib tergovga bormadi: bilganini qilsin endi! E. Aʼzamov, „Javob.“ ◆ Sudya Xadicha otinni turgʻazdi: Ayblanuvchiga daʼvongiz bormi? - Qanaqa daʼvo boʻlsin, taqdir ekan! "Yoshlik".

2 Birovni ayblash, tuhmat. ◆ U meni urdi, deb daʼvo qilyapti. U ◆ Arabboyga daʼvo qilmoqda edi.. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“

3 Oʻzi munosib boʻlmagan yoki oʻzida boʻlmagan haq-huquq yoki xususiyat, fazilatlarni eʼtirof etishni talab qilish, bu yoʻldagi urinish, iddao. ◆ Birinchilik daʼvosi. ◆ Saroyda barcha: shariat peshvolaridan tortib to kichkina amaldorgacha shoirlik daʼvo qilardi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik.“ ◆ Bahodirlik daʼvo qilib yuribsan, Bek otangning tulporini minibsan. "Malikai ayyor". ◆ Shunaqa oilalar borki, ota-onasining ilmi unchalik emas, bilimdonlikni daʼvo qiladilar. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar.“ ◆ Uzum uzsam uzumzordan bir shingil, Asalman der, shirilikda daʼvosi. S. Abdulla.

4 Javob talab qilinuvchi mulohaza, fikr. ◆ Oltin chirimas, daʼvo qarimas. Maqol. ◆ Poʻlatjon Zebining bu daʼvosiga nima deyishini bilmay, oʻylanib qoldi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“ ◆ Kuladigan gap emas bu, kulmanglar, — dedi Maʼsumaoy oʻz daʼvosini isbotlashga urinib. N. Safarov, „Tanlangan asarlar.“

5 esk. ayn. teorema.

Xun daʼvosi tar. Oʻldirilgan kimsaning qoniga qon olish yoki qonun yoʻli bilan jazo talab etish.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ДАЪВО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

daʼvo
1 иск; претензия, притязание; ◆ mening sizga ~yim bor у меня к вам есть претензии;
2 утверждение; ◆ fanga xilof ~ противоречащее науке утверждение; ◆ quruq ~ необоснованное утверждение; ◆ ~ qilmoq 1) предъявлять иск; претендовать, притязать (на что-л.); домогаться (чего-л.); ◆ ulugʻlik ~ qilmoq претендовать на величие, мнить себя великим; возомнить о себе; 2) утверждать;
3 уст. мат. теорема.