Kontent qismiga oʻtish

amal

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

a-mal

Aytilishi

Etimologiyasi

a.ish, harakat

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Ilm, nazariya, fikr va shu kabilarning hayotiy reallashuvi. ◆ Ilm amal bilan sharofatlidir. Gʻ. Gʻulom .

Amalga oshmoq - Yuzaga chiqmoq, vujudga kelmoq; barpo boʻlmoq; bajarilmoq. ◆ Orzular amalga oshdi . ◆ Reja amalga oshdi . ◆ Bu ishga ham birorta azamat bosh qoʻshsa, ajab emas, amalga oshsa. Oydin, „Hazil emish“ .
Amalga oshirmoq - Yuzaga chiqarmoq, vujudga keltirmoq; bajarmoq; joriy qilmoq. ◆ Maqsadni amalga oshirmoq. ◆ Rejani amalga oshirmoq.
Amal qilmoq 1) hisobga olib ish tutmoq, rioya qilmoq. ◆ Qonunga amal qilmoq . ◆ Ilmiga amal qilmagan mulladan ustiga xurjun ortilgan eshak yaxshi. Maqol ; 2) taʼsir qilmoq (dori-darmon haqida). ◆ Shifosiz kasatka har bir dori-darmon zahardek amal qilar ekan. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

2 Eʼtiqodga oid ish, aqida ishi. ◆ Zotan, inson xotirjam yashamas ekan, uning koʻngliga ibodat ham, xayru ehson ham, boshqa yaxshi amallar ham sigʻmaydi. Gazetadan . ◆ Al-maʼruf deganda.. bajarilishi lozim boʻlgan barcha islomiy amallarni tushunamiz. Gazetadan .

3 Umuman, bajarilishi lozim boʻlgan ish, amaliy ish. ◆ Virusli gepatit kasalligi bilan ogʻrimaslik uchun quyidagi amallarga rioya qilish lozim. Gazetadan . ◆ Biz ham oʻz harakatlarimiz, amalimiz bilan yoshlar orasiga koʻproq kirib borishimiz kerak. Gazetadan .

4 Masʼul vazifa, mansab. ◆ Amalga magʻrur boʻlsang — toʻzdirar. Maqol . ◆ Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vatanga, xalqiga qilgan xizmati bilan oʻlchanadi. Shuhrat, „Shinelli yillar“ .

Amal tegmoq kest. Katta ish, mansab tegmoq. ◆ Bo-o xudo! Ammangga ham amal tegib qolgan. Kechayu kunduz churvaqalar bilan oʻralashgani-oʻralashgan. Nazir, „Bir tup gʻoʻza“ .

5 Iloj-imkon, chora. ◆ Garchi reja buzilsa-da, lekin bir amalini qilamiz. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

6 koʻchma Uyg'onish, hayot boshlanishi (oʻsimlik, daraxt kabilar haqida). ◆ Amal vaqti yetganda, tok, anor, anjir koʻmilgan joyida turib ham koʻkaraveradi. R. Rahmon, „Mehr koʻzda“ .

Amal olmoq - Koʻkarmoq, tutmoq. ◆ Nihol jildirab suv oqib turgan joʻyakka ekilmasa, amal olmaydi. A. Koʻchimov, „Halqa“ .

7 mat. Matematik hisobning har bir turi. ◆ Toʻrt amal . ◆ Arifmetika amallari.

8 etn. Isitish, sovutish, birovning ishini orqaga ketkizish, turgan uyidan bezdirish va sh.k. maqsadlarda dam solingan narsa; sehr-jodu. ◆ Folbin bir nimani yeng uchidan chiqarib berdi. Bu "amal" edi. Bu kichkina tugunchak ichida mozor tuprogʻi, temirtak, tobutning choʻpi, sovun, oʻlik tirnogʻi va hokazolar bor edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Uning gapiga koʻra, shomonlar oʻz amallari bilan turli balo-qazolarni daf etib. Gazetadan . 9 Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – operandlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli amallar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) amallar farqlanadi. Umuman olganda, amallar dasturlash tili bilan belgilanadi.

Sinonimlari

Antonimlari

Tarjimalari

amal
1 действие; ◆ ~ qilmoq 1) действовать, оказывать действие; ◆ dori ~ qildi лекарство подействовало; 2) руководствоваться (чем-л.); действовать сообразно (чему-л.); соблюдать (что-л.); ◆ qonunga ~ qilmoq соблюдать закон, действовать по закону; 3) привораживать, околдовывать; 4) бот. завязываться, набухать (о бутонах, почках); 5) прививаться (о прививке); ◆ ~dan qolmoq переставать развиваться; ◆ ~ga kiritmoq вводить в действие; ◆ ~ga oshirmoq проводить в жизнь, претворять в жизнь, воплощать, осуществлять; ◆ ~ga oshmoq (или oshirilmoq) проводиться в жизнь, претворяться, воплощаться, осуществляться;
2 дело, деятельность, действие; ◆ ~da на деле, на практике; ◆ bir ~ini qilamiz-da найдём какой-нибудь выход (из этого);
3 мат. действие; ◆ toʻrt ~ четыре действия (арифметики);
4 должность, чин; служба; ◆ ~ga minmoq занять должность (преимущественно более высокую); ◆ ~dan tushmoq быть снятым, смещенным с должности; ◆ ~dan foydalanmoq злоупотреблять служебным положением;
5 этн. привораживание; отворотное или приворотное средство; ◆ ilm-~ см. ilm.

Ozarbayjoncha (az)

Ot

amal

alshlash