Jump to content

tizim

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

ti-zim

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 Ip, sim va sh.k. ga terilgan narsa; shoda. ◆ Bir tizim marvarid. Bir ti-zim marjon. Bir tizim pomidor qoqi. Bir tizim qalampir. n ◆ Biz ishni choʻzmaslik uchun har quvurni alohida emas, ikki-uchtasini bir tizim qilib burab olar edik. P. Qodirov . Erk.

2 Bir soha, muassasa va sh.k. ga oid yoʻnalish, ish-faoliyat kabilar majmui. ◆ Bank tizimi. Xalk, taʼlimi tizimi. Xavf-sizlik tizimi. ■■ ◆ Mehnat vazirligi tizimida ishlayotganingizga ham ancha boʻlibdi. Tizim va uning joylardagi boʻlimlarida xotin-qizlarning faoliyati qanday? - Tizimimizda ishlayotgan xotin-qizlarning olib borayotgan ishlari yaxshi. "Mehnat" . ◆ Mamla-katimizning tashqi iqtisodiy munosabatlarida muhim oʻrin egallagan tashqi savdo tizimidagi tub oʻzgarishlar sust amalga oshirilmoqda. "Fan va turmush" .

3 Oʻzaro bogʻliq va uzviy tartibda boʻlgan narsa, hodisalar birligi, majmui. ◆ Barcha boʻgʻindagi davlat idoralari faoliyatining huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladigan qonunlar tizimini barpo etish lozim. Gazetadan .

4 Oʻzaro bogʻliq qismlardan tashkil toptan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va b. jihatdan tuzilish shakli. ◆ Ular, bizga maʼlum sabablarga koʻra, "Markaz" deb ataluvchi eski tizimdan nihoyatda bezillab qolishgan. Gazetadan . ◆ Jumhuriyatlarda bugun mutdfqo bir-biriga oʻxshamaydigan turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimlar vujudga kelmoqda. Gazetadan .

5 Biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va tartib-qoidalari majmui. Baholashning reyting tizimiga oʻtildi. "Maʼrifat". ◆ ..mehnat unum-dorligini taʼminlovchi omillarning mun-tazam tizimini yaratish tarafdorimiz. Gazetadan .

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

TIZIM. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

tizim

tizim
1 svyazka; nitka; kolьe; ◆ bir tizim qalampir svyazka struchkovogo pertsa; ◆ bir tizim marvarid nitka jemchuga.
2 sistema; sfera; oblastь; ◆ bank tizimi bankovskaya sistema.
3 sistema; posledovatelьnostь; sovokupnostь; tselostnostь; ◆ qonunlar tizimi sistema (sovokupnostь) zakonov; ◆ qonunchilik tizimi zakonodatelьnaya sistema.
4 sistema; rejim; stroy; ustroystvo; ◆ kapitalistik tizim kapitalisticheskaya sistema (kapitalisticheskiy stroy).
5 sistema; posledovatelьnostь; poryadok; ◆ Baholashning reyting tizimi reytingovaya sistema otsenki; ◆ ish-harakat tizimi posledovatelьnostь deystviy.