Jump to content

qurbon

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

qur-bon

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

[a. qurbonlik; qurbon

berish, fido qilish] 1 din. Xudo yoʻlida qurbonlikka soʻyilgan yoki soʻyiladigan jonliq. ◆ Qurbon soʻyish.

Qurbon oyi ayn. zulhijja. Qurbon hayiti q. hayit 1.

2 koʻchma Biror ezgu ish, ezgu maqsad yoʻlida yoki sevikli kimsa, narsa va sh.k. uchun kurashda halok boʻlgan, jon fido qilgan kishi. ◆ Ozodlik qurboni. Urush qurbo-ni. am ..yer kurrasining koʻp qitalarida bombalar portlar, minglab qurbonlar koʻk-sida qon oqardi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Urush qurbonsiz boʻlarmidi. S. Zunnunova, „Olov“ .

3 koʻchma Tabiiy ofat, falokat, koʻn-gilsiz hodisa, kimsalarning qilmishi, manfaati va sh.k. tufayli halok boʻlgan yoki katta zarar koʻrgan, qattiq aziyat chekkan kishi. ◆ Yongʻin qurboni. Zilzila qurbonlari. Jaholat qurboni. Urf-odatlar qurboni. n ◆ Farida Zokirni gunohsiz bir qurbon deb bilib, qattiq achindi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ \ Gʻulomjon:] Boʻlib oʻtgan mana shu gaplarning oʻzi tuhmatchilar qurboni boʻlib turganimni isbot qilishga yetib ortadi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

Qurbon bermoq Kishisi (kishilari) qurbon boʻlmoq; katta zarar, talafot koʻr-moq. ◆ Talay urushlar koʻrdik, talay qurbon-lar berdik. Guvoh — sochlarda oqu manglayda ajinimiz. Gʻ. Gʻulom . ◆ Beparvo boʻlmangiz, qoʻldan ketmasin Sonsiz qurbon berib qo-zonilgan baxt. "Sharq yulduzi" . Qurbon boʻlmoq 1) biror sabab tufayli, uning yoʻlida hayotdan koʻz yummoq, oʻlmoq. ◆ Xalq jinoyatchi boʻlishi mumkin emas, qurbon boʻlishi mumkin. Gazetadan; 2) ayn. qurboni boʻlmoq 2. ◆ Bir navjuvon erdi oʻzi xiromon, Har k im koʻrsa, boʻlur husniga qurbon. "Gulshanbogʻ" . Qurboni boʻlmoq 1) ayn. qurbon boʻlmoq 1. U ◆ boshqa katta jinoyatlarning qurboni boʻlib ket-yapti-ku! A. Muxtor, „Kumush tola; 2) jonini fido qilmoq, sadagʻasi ketmoq“ . ◆ Yaxshining qurboni boʻl, Yomonni kaltaklab ur. Maqol . ◆ yat Aravadan nari anjir pishibdi, Oʻn toʻrt yashar qizga ishqim tushibdi. Oʻn toʻrt yashar qizning qurboni boʻlsang, Oʻn toʻrt tillo berib qoʻyningga olsang. "Qoʻshiqlar" .

5 Qurbon (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

QURBON. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

qurbon
1 rel. jertva, jertvoprinoshenie; ◆ qurbon hayit(i) musulьmanskiy prazdnik jertvoprinosheniya;
2 peren. jertva (kogo-chego-l.); agressiya qurbonlari jertvы agressii; ◆ qurbon boʻlmoq stanovitьsya jertvoy, pastь jertvoy; ◆ yaxshining qurboni boʻl posl. (bukv. budь jertvoy dlya xoroshego cheloveka) dlya xoroshego cheloveka i jizni ne pojaley;◆ qurbon qilmoq jertvovatь, prinositь v jertvu; ◆ qurbon bermoq 1) pojertvovatь; 2) teryatь ubitыmi, nesti poteri (v boyu);
3 Kurban (imya sobstv. mujskoe i jenskoe).