Jump to content

hur

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

hur I

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

hur

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

a. حُرّ — ozod, erkin; mustaqil; erksevar; asil, toza

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

Birovning izmidan xoli, erki oʻzida boʻlgan; ozod, erkin. ◆ Hur oʻlka. Hur inson. m ◆ Gʻoyat mamnun boʻldik.. chindan ham hur fikrli kishi ekansiz. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

hur II

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

hur

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

a. حُور — shahlo koʻz (qizlar)

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 Islom anʼanasi va Qurʼonga koʻra, taqvodorlar bilan birgalikda jan-natda yashaydigan, jismoniy va maʼnaviy kamchiliklardan xoli boʻlgan nihoyatda goʻzal qiz(lar). ◆ Masjidda namozshomdan keyin imom namozxonlarni toʻplab, jannatdagi hurlarning husnini maqtay ketdi. "Latifalar" . ◆ Behishtdagi hurlar kabi, Bilmam, yorim qayga ketdi. "Shirin bilan Shakar" .

2 kuchma Juda chiroyli, goʻzal, nozanin qiz. ◆ [Majdiddin:] Xazinangizni boyitaman, haramingizni hurlar bilan toʻldiraman, soʻngra, mayli, boshimni kesing, amringizga muntazirman. Uygʻun va I . Sulton, Alisher Navoiy.

3 koʻchma Sharm-hayoli, pok (xotin-qizlar haqida). ◆ Mana, ikkovlaring, xudoga shukur, qogʻozga oʻralgan qandday top-toza boʻlib yetishdinglar. Koʻzlaring erkak betini koʻrmadi. Sizlar hur ekansizlar. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

HUR. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

hurlik

hur I
svobodnыy, volьnыy, privolьnыy; // svobodno, volьno, privolьno; ◆ ~ mamlakat svobodnaya strana;◆ buyuk Sovet mamlakatining ~ grajdanlari svobodnыe grajdane velikoy Sovetskoy stranы; ◆ ~ fikr svobodomыslie; ◆ ~ fikrli ili ◆  ~ fikr yurituvchi svobodomыslyaщiy; ◆ ~ yashamoq jitь svobodno, volьno.

hur II
1 guriya (v musulьmanskoy miifologii - rayskaya deva);
2 peren. krasivaya, ocharovatelьnaya (jenщina ila devushka); ◆ ~ qiz 1) guriya; 2) krasivaya, ocharovatelьnaya devushka.