Kontent qismiga oʻtish

qoʻshmoq

Vikilug‘atdan olingan
2024-yil 28-avgust, 11:01 dagi Muzaffar Murodovich (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

qoʻshmoq I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qoʻsh-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 mat. Qoʻshuv amalini bajarmoq, jam qilmoq. ◆ Beshni beshga qoʻsh-moq.

2 Biror narsaga boshqa narsani ara-lashtirmoq yoki solmoq. Sutga suv koʻishoq.

Choyga shakar qoʻshmoq. Loyga somon koʻishok. yat Gulnor oʻkchib-oʻqchib soʻzladi: -Zahar.. Salim koʻshgan. Oybek, Tanlangan asarlar. Har bir akli bor odam qovunga piyoz qoʻshib yeyish notoʻgʻri ekanini bilsa kerak. A. Qahhor, Munofiq. Daraxtlarning gullaridan sochilayotgan hidni havo bilan qoʻshib, har qancha shimirsang ham toʻymaysan, kishi. N. Safarov, Jangchi shoir.

3 Boʻlak-boʻlak, alohida, mustaqil nar-salardan bir butunlik hosil qilmoq, bir-lashtirmoq. ◆ Ikki institutni koʻshmoq. Molu mulkni qoʻshmoq. Soʻzlarni bir-biriga Koʻshib, gap tuzmok. m Beshinchi va yettin-chi sinflarni koʻilib oʻqityapti dadam. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

4 Birini boshqasining yoniga, ustiga qoʻymoq, tirkamoq, tashlamoq; bir qilmoq, bir qilib qoʻymoq. Xirmonga etak-etak paxta koʻshmoq. n ◆ Shinel va gimnastyor-kalarini yechdi-da, tugun qilib, boshkalar-nikiga qoʻshdi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ .

5 Qoʻshimcha tarzda bermoq, kiritmoq. [Mirzakarimboy] Bir nafas oʻylab, yana uch soʻmlik qogʻoz va bir soʻlkavoy qoʻshib, Yoʻlchi-ga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar.

6 Gap, fikr va sh.k. qoʻshimcha qilmoq; ran qistirmoq. U Xadichaxonning soʻziga ni-madir koʻshmoqchi boʻldi-da, hozir aytib kolmasa, xuddi kechikib qoladigandek shosh-di. N. Safarov, Xadicha Ahrorova. Oʻsha kuv-nok vaziyatini oʻzgartirmay, qoʻshib koʻydi: -Oyogʻingizogʻrimayaptimi?S. Karomatov, Ol-tits qum.

7 Boriga yana nimadir kiritmoq, biror narsani yana nima bilandir toʻldirmoq. Umrga umr koʻshmoq. Husniga husn koʻshmoq. m Hazin misrlar uning dardiga dard qoʻ-shar edi. X. Sultonov, Onamning yurti. ◆ ..bu sayil navbahorga fayz qoʻshardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

8 Qatoriga kiritmoq, birga qilmoq. [Oʻzbek oyim:] Otabekning yoniga Hasanalini Koʻshib, Margʻilonga yuboraman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Bu yigitni.. askariy mashq oʻtkazayotgan navkarlarga koʻshing! P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar. ◆ Ishonmasak, seni toʻdamizga qoʻshmasdik. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

9 Birga qilmoq; biriktirmoq. ◆ Biri Ro-biyani oyoklaridan ushlab olgan, ikkinchisi uning koʻllarini beliga qoʻshib, mahkam ki-sib turgan.. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .

10 etn. Sarpo qilmoq, sarpo, sep tari-qasida bermoq. ◆ Bitta xitoy jujun mur-sakni kam koʻrib, yoniga oʻzining qimmatbaho zarrin mursagini.. qoʻshgan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

11 Arava, izvosh, omoch va shu kabilarni tor-tish uchun tegishli abzal yordamida bi-riktirmoq (ot-ulov haqida). ◆ Hozir narigi toʻriq qashqani qoʻshaman juvozga. N. Fo-zilov, „Oqim“ . ◆ [Yormat] Otni qoʻshgandan keyin aravaga qalin namat soldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Ofitser hozir: "Qoʻshga qoʻshsang ham, mayli, ishqilib oʻldirma", deb ketayotibdi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .

12 Ot-ulov tirkab tayyor qilmoq (arava, izvosh, omoch va shu kabilar haqida). ◆ Fazliddin.. achchiq choyni ichib qoniqqach, izvoshni qoʻsh-di. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . U[Sidiqjon] bir kupi, tushki dam olish vaqtida, Ziyo-daxonning soʻroviga koʻra, eshak-aravani qoʻ-shib, daryodan suv keltirgani bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

13 Erkak kishi bilan ayolni uylamoq, bir yostiqqa bosh qoʻydirmoq, qovushtirmoq. ◆ Qirq kun toʻy qilib, qirq birinchi kechasi yigitlarni qizlarga qoʻshdilar. "Ertaklar" . ◆ [Hasanali:] Bekni uylantirdim, sevganiga qoʻshib quvontirdim! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Boshini qoʻshmoq Uylantirmoq yoki erga bermoq. ◆ Bir amallab qishdan chiqsak, Polvon-ning ham boshini qoʻshib qoʻyarmiz. J. Sharipov, „Xorazm“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

qoʻshmoq II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qoʻsh-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
Qoʻshilib turgan, qoʻshil-gan; qoʻshaloq narsa, qoʻshimcha. ◆ Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar, qoʻshmogʻi bilan besh koʻrinar. Maqol .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚЎШМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

Feʼl

[tahrirlash]

qoʻshmoq

qoʻshmoq I
1
соединять, присоединять; приобщать; включать; вносить; menga bir odam qoʻshib yuborishdi со мной прислали (послали) одного человека; ◆ hissa qoʻshmoq вносить вклад; ◆ birga qoʻshmoq сочетать;
2 допускать (в какую-л. среду или к участию в чем-л.); приравнивать, считать; kompaniyaga qoʻshib olmoq включить (принять) в компанию; Xoʻjayinlar meni odam qatoriga qoʻshmaydilar (П. Турсун, «Ўќитувчи») Хозяева не считают меня за человека;
3 сливать, объединять;
4 примешивать, добавлять; класть, положить; ◆ choyga shakar qoʻshmoq класть сахар в чай;
5 запрягать;◆ otni aravaga qoʻshmoq запрягать лошадь в телегу;
6 сводить (кого-л. с кем-л.); спаривать, случать;
7 увеличивать, прибавлять, накоплять; ◆ hosilga hosil qoʻshmoq увеличивать (накоплять) урожай; ◆ kuchga kuch qoʻshmoq накоплять силы;
8 мат. складывать, производить сложение;
9 этн. преподнести (что-л. в подарок по случаю свадьбы); дать (что-л. в качестве приданого); ◆ 

  • bosh qoʻshmoq принимать участие (в чем-л., в каком-л. деле); aybga qoʻshmaysiz! не обессудьте!


qoʻshmoq II
то, что прибавлено (прибавляется), прибавка, добавка, добавление; qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar, qoʻshmogʻi bilan besh koʻrinar (букв. испугавшемуся кажется вдвое, с добавкой - впятеро) соотв. у страха глаза велики.