Jomiy
Qiyofa
Jomiy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Jomiy yoki Abdurahmon Jomiy (asl ismi: Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad)(7-noyabr 1414-yil, Jom; 9-noyabr 1492-yil, Hirot) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Adovat tig‘ini ko‘targan kishi adovat tig‘idan halok bo‘ladi[1].
- Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo[2].
- Agar och boʻlsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qoʻzgʻatadi. Sen bilan oʻtirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uygʻotadi[2].
B
[tahrirlash]- Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal,
Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi,
Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo[2]. - Boylikdan kerilmoq – aqldan nari,
Chunki u oʻtkinchi bulut singari[1].
D
[tahrirlash]- Dono suhbatidan bosh tortsa nodon,
Davrondan yaxshilik koʻrmas hech qachon[1]. - Dunyo bir matokim, uning ketidan hirs qoʻyib yurmagil, oʻtgil yuzidan[1].
- Dunyoda doʻsting kim, dushmaning kim – boq,
Ishlaring hisob et, yozilmish qandoq[1].
E
[tahrirlash]- Erta tongda ogʻzingga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki toʻqlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir[2].
F
[tahrirlash]- Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim[2].
H
[tahrirlash]- Hammadan balanddir ona mansabi[1].
- Hammaga omonlik istaguvchi boʻl,
Shunda adovatga qolmagay hech yoʻl[1]. - Har kimdan istama do‘st-oshnolik,
Har oshnadan kutma sen roʻshnolik[1].
K
[tahrirlash]- Kibrsizlik lofin urma, uni koʻrmoqdan koʻra qorongʻu tunda chumolining izini koʻrmoq osonroqdir[1].
- Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq do‘st va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan[2].
- Kim tortsa adovat qilichin qindan,
Adovat tigʻidan boʻladi halok[1]. - Kichiklarga hazil-u istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillat-u xorlik gʻuboriga botmoqdir[2].
- Koʻplar molin berib, mardlik qiladi,
Koʻplar jonin berib, mardlik qiladi[1].
M
[tahrirlash]- Mansab bilan balandmas odam,
Mansab odam bilan muhtaram[1].
N
[tahrirlash]- Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo[2].
O
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]- Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi boʻlur?![1] - Qul-u ozodga maʼlum va ayon,
Dono tirikdir, oʻlikdir nodon[1].
S
[tahrirlash]- Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab boʻlsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik boʻlgani taqdirda ham, u saxovat emas[2].
- Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas[2].
T
[tahrirlash]- Tanang imorati dosh bera oladigan miqdorda tanovul et[2].
- Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr,
Choʻloq tulki unga beradi ozor[2]. - Toʻgʻrini de, toʻgʻrini koʻr, toʻgʻri yur,
Toʻgʻri gapir, toʻgʻri eshit, toʻgʻri tur[1].
U
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!.