Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Masʼud

Vikiiqtibosdan olingan
2024-yil 4-dekabr, 16:59 dagi Bekipediya (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Abdulloh ibn Masʼud
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Abdulloh ibn Masʼud (arab. عبد الله بن مسعود‎‎) – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Mas’ud ibn Gʻofil ibn Habib al-Huzaliy ? – 32/652—53, Madina) – Kufa tafsir va fiqh maktablarining asoschisi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Banda iymon choʻqqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambagʻallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal koʻrmagunicha va uni maqtagan hamda yomonlagan kishilarni bir xilda koʻrmagunicha iymon choʻqqisiga chiqa olmaydi[1].
  • Bir kishiga „Allohdan qoʻrq“, deyilganida, u: „Sen oʻzingni bil“, deb javob qilsa, shu ish Alloh nazdidagi katta gunohlardan biridir[1].
  • Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dinini sotib dunyo yigʻuvchilar koʻpaysa, u millat orasida fitna bolalaydi[1].
  • Bu dunyoda moli omonat, oʻzi mehmon boʻlmagan biron kimsa yoʻq. Mehmon degan doimo keladi va ketadi, omonat esa egasiga berilishi kerak[1].
  • Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobeʼ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobeʼ boʻladi[1].
  • Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman[1].
  • Haq ogʻirdir, biroq tomoqdan oson oʻtadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi[1].
  • Yaxshi odam boʻlish uchun ibodat qilishning oʻzi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon koʻruvchi boʻlish kerak[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.