Kontent qismiga oʻtish

Ruminiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruminiya
România
Shioryoʻq
Madhiya: Deşteaptă-te, Române!
Location of Ruminiya
Poytaxt Buxarest
Eng katta shahar Buxarest, Yassi, Timishoara, Konstansa, Galats, Kluj-Napoka
Rasmiy til(lar) Rumincha
Hukumat Yarim-prezidentlik davlat
• Prezident
Traian Băsescu
• Bosh vazir
Emil Boc
Mustaqillik (Usmonlilar imperiyasidan (1877-yil 9-mayda))
Maydon
• Butun
238 391 km2 (83-oʻrin)
• Suv (%)
3
Aholi
• 2014-yil-yilgi roʻyxat
19 942 642 (58-oʻrin)
• Zichlik 84,4/km2
YIM (XQT) 2013-yil roʻyxati
• Butun
$372 017 mln. (46-oʻrin)
• Jon boshiga
$18 365
Pul birligi Ley (RON)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma RO
Telefon prefiksi 40
Internet domeni .ro

Ruminiya (Romania) – Yevropaning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Aholisi 21,33 mln. kishi (2012). Poytaxti – Buxarest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) ga tenglashtirilgan Buxarest munitsipiyasiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruminiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 8-dekabrdagi umumxalq referendumida maʼqullangan. Davlat boshligʻi – prezident. U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq lavozimda qolishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament, ijro hokimiyatini hukumat amalga oshiradi.

Ruminiya hududining aksari qismini togʻlar va tepaliklar (oʻrtacha balandligi 800 m) egallaydi. Asosiy togʻ tizmasi – Karpat mamlakat hududida katta yoy shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi – Moldovyanu togʻi, 2 544 m). Karpat togʻlarida kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Transilvaniya platosi va Gʻarbiy Ruminiya togʻlari ham Karpat tizmasiga mansub. Janubda Quyi Dunay pasttekisligi va Gʻarbda Oʻrta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Qora dengiz oraligʻida Dobruja platosi choʻzilgan. Ruminiya hududida Qora dengiz sohilining uzunligi 245 km. Konstansadan shimolroqda qirgʻoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qoʻltiqcha)lar bilan parchalangan, qirgʻoqqa yaqin joylarda orol koʻp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshkoʻmir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi – moʻtadil kontinental iqlim.

Eng katta daryosi – Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq; balandliklarda qoʻngʻir va kulrang; oʻrmon, togʻlarda, asosan, togʻoʻtloq tuproqlar tarqalgan. Daryo yaqinlarida oʻtloq, qamishzor, oʻrmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat togʻ oldida (400–700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat togʻlarida (800–1 200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1 500–1 800 m gacha) igna bargli daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning eng baland joylari subalp va alp oʻtloqlari bilan band.

Hayvonot dunyosi xilma-xil. Oʻrmonlarda boʻri, tulki, qoplon, boʻrsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyoʻgʻli, qizilishton, kakku va boshqalar yashaydi. Togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayiq, bugʻu, dashtlarda sugʻur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy bogʻi va bir necha qoʻriqxona tashkil etilgan.

Aholisining 90% ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, loʻli, ukrain, serb va ruslar ham yashaydi. Rasmiy til – rumin tili. Shahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati – pravoslav xristianlar. Yirik shaharlari: Buxarest, KlujNapoka, Timishoara, Yassi, Brashov, Galats, Krayova, Konstansa, Ployeshti.

Ruminiya hududida ilk paleolit davridan buyon odam yashaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi I asr oʻrtalarida getdaklar qabila ittifoqi shakllanib, keyinchalik uning asosida davlat paydo boʻla boshlagan. I asr boshlarida daklar yashaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi bilan oʻz viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlashtirildi. 271-yil Rim imperiyasi inqirozga uchrashi natijasida rimliklar Dakiyadan chiqib ketishga majbur boʻldi. Keyinroq bu yerlarga xunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boshladi. VI-VII asrlarda slavyanlar koʻchib kelib oʻrnashdi. VIII—X asrlarda Ruminiya hududining talaygina qismi Birinchi Bulgʻor podsholigi tarkibiga kirdi. X-XI asrlarda bijanaklar, qipchoqlar, XIII asrda moʻgʻullar bostirib keldi. XIV asrda ikki mustaqil davlat – Valaxiya va Moldova knyazliklari tashkil topdi. XVI asrga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. 1688-yil Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qoʻshib olindi. XVII—XIX asrdagi Rossiya—Turkiya urushlari natijasida Usmonli imperiyasi zaiflashdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kurashiga qulay sharoit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erishdi, ularning xalqlari yagona davlat (1861-yildan Ruminiya)ga birlashdilar. 1862-yil Buxarestda milliy majlis chaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877-yilda Ruminiya toʻla mustaqillikka erishdi va 1881-yil qirollik deb eʼlon qilindi.

Birinchi jahon urushi boshlarida Ruminiya Antanta davlatlari bilan ittifoq tuzib, Avstriya-Vengriya hududining bir qismini qoʻshib oldi va urushga kirishdi. Urush natijasida Ruminiya hududi va aholisi ikki baravar koʻpaydi: 1918-yil unga Transilvaniya qoʻshib berildi. Shu yili Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani bosib oldi.

1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Ruminiya sanoati (neftdan tashqari) va qishloq-xoʻjaligiga salbiy taʼsir qildi. 1928—33-yillarda hukumat tepasiga vaqti-vaqti bilan millatchi tsaranistlar partiyasi kelib, mamlakat iqtisodiyotini gʻarbga tobe qilib qoʻydi. Natijada Ruminiyaning gʻarbga qaram boʻlishi kuchaydi. 1926-yil chet elga badargʻa qilingan taxt vorisi Karol 1930-yil mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi bilan taxtga chiqdi. 1931-yil „Temir gvardiya“ degan fashistik tashkilot tuzildi. 1939-yil martda Ruminiya bilan Germaniya oʻrtasida tuzilgan iqtisodiy bitim mamlakat iqtisodiyotini asoratga soldi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Ruminiya hukumati betaraflik siyosatini eʼlon qildi, lekin 1940-yil yozida bundan voz kechdi. Mamlakat fashizm yoʻliga oʻtdi. Oʻsha yil 23-noyabrda Ruminiya Berlin paktiga qoʻshildi va Ikkinchi jahon urushida qatnasha boshladi. 1944-yil 23-avgustda Ruminiya hukumati agʻdarib tashlandi. Mamlakatning yangi hukumati 24-avgust kuni Germaniyaga urush eʼlon qildi. 1944-yil 25-oktabrda Ruminiya hududi batamom ozod etildi. 1947-yil monarxiya tugatilib, Ruminiya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi (1965-yil 21-avgustdan 1989-yil 22-dekabrgacha Sotsialistik Respublika deb atalgan).

1948—89-yillarda Ruminiya Kompartiyasi (1921-yil tashkil etilgan, 1948—65-yillarda Ruminiya Ishchi partiyasi deb nomlangan) hukmronligi davrida mamlakat Sovet Ittifoqi taʼsirida boʻldi. Ayniqsa, N.Chaushesku diktatorlik rejimi (1965—89-yillar) davlat rivojiga halokatli taʼsir qildi. 1989-yil qoʻzgʻoloni natijasida hukumat agʻdarib tashlandi, Chaushesku qatl etildi, Ruminiya KP tugatildi, mamlakat nomi oʻzgartirilib, „Ruminiya“ deb atala boshladi. Hokimiyat tepasiga Milliy qutqarish fronti kengashi, 1990-yil fevraldan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi keldi. 1990 va 1992-yillarda birinchi marta demokratik saylov oʻtkazildi. Ruminiya – 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Ruminiya suverenitetini 1991-yil 20-dekabrda tan olgan va 1995-yil 6-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Milliy bayrami – 1-dekabr – Ruminiya milliy kuni (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratik partiya, 1993-yil asos solingan; Milliy liberal partiya, 1990-yil roʻyxatga olingan; Ruminlar milliy birligi partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Ruminiya Sotsial Demokratik partiyasi (Partidul Social Democrat), 2001-yil Ruminiya Sotsial Demokratiya partiyasi (Partidul Democraţiei Sociale in România) bilan Rumin Sotsial Demokratik partiyasi (Partidul Social Democrat Român) qoʻshilishi natijasida tashkil topgan; Ruminiya vengerlari demokratik ittifoqi, 1989-yil tuzilgan; Bukj Ruminiya partiyasi, millatchi partiya. Ruminiya erkin kasaba uyushmalari milliy konfederatsiyasi, 1993-yil tuzilgan; Milliy kasaba uyushma bloki; „Alfa“ milliy kasaba uyushma karteli.

Ruminiya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 41%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 40%.

Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ustun (?!). Yoqilgʻi-energetika bazasining negizini gaz, koʻmir va neft tashkil etadi. Elektr energiyaning koʻp qismi issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (1-yilda oʻrtacha 55 mlrd. kVtsoat). Neft konlari, asosan, Janubiy va Sharqiy Karpat etaklarida joylashgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toshtuz va hokazo qazib olinadi. Neftni qayta ishlashning asosiy markazlari – Ployeshti, Brazi, Piteshti, Dermeneshti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, Kopsha-Mikeda qoʻrgʻoshin va rux, Baya-Mareda mis eritiladi. Mashinasozlik, asosan, neft qazib olish va uni qayta ishlash, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uchun texnologiya mashina uskunalari va elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avtobuslar, temir yoʻl transporti vositalari, qurilish mashinalari, kemalar va traktorlar ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, sintetik kauchuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, dori-darmon, boʻyoq, lak va boshqalar. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik (ayniqsa, mebel), toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalari, yogʻ, vino, pishloq) sanoatining ham salmogʻi katta. Asosiy sanoat markazlari: Buharest, Konstansa, Yassi va Timishoara..

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli barcha yerlar salkam 15 mln. gektar. Shundan salkam 2,5 mln. gektari sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Goʻsht chorvachiligi yetakchi: qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 60% qondiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruminiya chetga traktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy oʻgʻit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yoqilgʻi va xom ashyo, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – ley.

Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga oʻtiladigan tranzit yoʻllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida temir yoʻlning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. Temir yoʻllar uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yoʻllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti – Konstansa, daryo portlari – Breila, Jurju va Galats. Buharest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va boshqa

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8 yillik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2 yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara shaharlarida untlar, politexnika institutlari va boshqa oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy Fanlar akademiyasi, ularning filiallari va ilmiy tadqiqot institutlari, idoraviy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Fanlar akademiyasining kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

R.da koʻpgina gazeta, jurnal va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: „Adeverul“ („Haqiqat“, mustaqil kundalik gazeta, 1989-yildan), „Az“ („Bugun“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Viktorul rominesk“ („Ruminiya kelajagi“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Vyasa kapitaley“ („Poytaxt hayoti“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Demokratsiya“ („Demokratiya“, haftanoma, 1990-yildan), „Dreptatya“ („Adolat“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Lumya az“ („Bugungi dunyo“, mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), „Rominiya libere“ („Ozod Ruminiya“, kundalik mustaqil gazeta, 1943-yildan), „Tribuna ekonomika“ („Iqgisodiy minbar“, haftalik jurnal, 1990-yildan). A. M. Pres – Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi – Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.

Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-asrda dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va boshqa ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-asr 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hozirgi Mangaliya; Istriya; Tomi, hozirgi Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining harobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17-asrlarda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar bilan, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16—18-asrlarda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va boshqalar) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18-asr oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-asr 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va boshqalar) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-asr 30-yillarida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.

Tasviriy sanʼati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-asrga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-asrdan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-asr devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-asr qabr haykaltaroshligi). 18-asr devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-asrlar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-asr cherkovlari devoriy rasmlar bilan, 17—18-asrlarda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14— 15-asrlarda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-asr rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-asrlardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692, rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-asr boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va boshqalar). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va boshqalar). 20-asr 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari – kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi.

Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va boshqa Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-asr 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-yil rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-asr 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.

Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida „kelushariy“ (nikoh marosimi) va „brezaya“ (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-asrlarda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rejissyorlari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va boshqa

Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film – „Peshonaga yozilgan muhabbat“ ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-asrning 2-yarmida „Tashnalik“, (rejissyor M. Dregan), „Dunay toʻlqinlari“ (rejissyor L. Chuley), „Panjarasiz osmon“ (rejissyor F. Muntyanu), „Hokimiyat va haqiqat“, „Fitna“ (rejissyor M. Markus), „Devor“ (rejissyor K. Vayeni), „Lahza“ (rejissyor Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari – Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va boshqa 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y. L. Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati institutida tayyorlanadi.

Oʻzbekiston – Ruminiya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]