Kontent qismiga oʻtish

Roberto Ayala

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Футбол
Roberto Ayala
Umumiy ma'lumotlar
Toʻliq ismi

Roberto Fabian Ayala

Laqabi

Sichqoncha (исп. El Ratón)

Tugʻilgan

14 aprel 1973(1973-04-14)

Fuqaroligi
Boʻyi

175 sm

Pozitsiyasi

himoyachi

Yoshligidagi klubi
1983—1991 Флаг Аргентины Ferrokarril Oeste
Klubdagi faoliyati
1991—1994 Флаг Аргентины Ferrokarril Oeste 72 (1)
1994—1995 Флаг Аргентины River Pleyt 40 (0)
1995—1998 Флаг Италии Napoli 87 (1)
1998—2000 Флаг Италии Milan 24 (0)
2000—2007 Флаг Испании Valensiya 183 (9)
2007—2010 Флаг Испании Real Saragosa 76 (4)
2010 Флаг Аргентины Racing (Avellaneda) 16 (0)
Milliy terma jamoada[* 1]
1994—2007 Флаг Аргентины Argentina 115 (7)
Xalqaro yutuqlari
Olimpiya oʻyinlarida
Kumush Atlanta 1996 futbol
Oltin Afina 2004 futbol
Qirol Fahd kubogi
Kumush Saudiya arabistoni 1995
Panamerika kubogi
Oltin Mar del Plata 1995 yil futbol
Amerika kubogi
Kumush Peru 2004
Kumush Venesuela 2007

Roberto Fabian Ayala ( ispancha: Roberto Fabián Ayala;) - argentinalik futbolchi, 2004-yil Olimpiada chempioni boʻlgan. Argentina futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida tarixda qolgan, shuningdek u koʻp yillik terma jamoa sardori. Argentina terma jamoasi safida umumiy 115 ta oʻyin oʻtkazgan.

Uning taxallusi "Sichqoncha" ( ispancha: El Ratón). Roberto bu tahallusni 1974-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hujumchi boʻlgan Ruben Ayaladan "meros qilib" oldi, garchi ular qarindosh boʻlmasalar ham.

Umumiy ma'lumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roberto Parana shahrida tugʻilgan. 1995-yilgacha u Argentina klublarida, jumladan, River Pleytda oʻynagan. 1995-yilda u Italiyaning " Napoli " klubiga oʻtadi, u yerda 3 yil oʻynadi, keyin esa "Milan" ga oʻtdi. "Milan" tarkibida u 1999-yilda Italiya chempioni boʻladi. 2000-yilda u Ispaniyaning "Valensiya" jamoasiga koʻchib oʻtdi, faoliyati davomidagi eng koʻp oʻyinni Valensiya tarkibida oʻtkazadi (yetti mavsum), Valensiya tarkibida u ikki marta Ispaniya chempioni boʻldi, 2004-yilda UEFA kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yili u Olimpiya chempioni ham boʻldi. Keyinchalik u erkin agent sifatida "Vilyarreal"ga oʻtdi. 2007-yilning yozida Saragosa uning shartnomasini 6 million yevroga sotib oldi.

2010-yil dekabr oyida Ayala professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi[1].

Vilyarreal va Real Saragosa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilning avgustida sport direktori Amedeo Karboni Ayalaga yangi shartnoma taklif qilmadi. 2007-yilning 7-fevralida u mavsum oxirida mintaqaviy raqibi Vilyarrealga qoʻshilishini e'lon qildi, ammo Villarrealda oʻynashdan oldin u 2007-yilning 14-iyulida uch yillik shartnoma asosida "Real Saragosa"ga qoʻshildi. Uning "Vilyarreal" bilan shartnomasidagi sotib olish toʻlovi 6 million yevro (4,8 million funt) boʻlib, uni "Real Saragosa" toʻliq toʻlagan.

2008-yilning 3-mayida Ayala “Real Saragosa”dagi ilk golini 94-daqiqada “Deportivo de La Korunya”ga qarshi o‘yinda kiritib, “Saragosa”ni 1:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Saragosa esa Segunda divizioniga tushib ketdi. 2008-yil 22-noyabrda Ayala “Saragosa” tarkibidagi ikkinchi golini “Eybar”ga qarshi o‘yinda (3:0) 73-goli sifatida urdi. 2009-yil 29-fevralda u oʻzining uchinchi golini 54-daqiqada "Real Mursiya" darvozasiga kiritdi, oʻyinda Saragosa 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2010-yilning yanvarida Ayalaning "Saragosa" bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Birinchi oʻyin: 16.11.1994 Chili bilan 3:0 ( Santyago )
  • Oxirgi oʻyin: 2007-yil 15-iyulda Braziliya bilan 0:3 (Marakaybo)
  • 2004-yilgi Olimpiya chempioni
  • 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlari vitse-chempioni
  • 1995-yil Panamerika oʻyinlari gʻolibi
  • 1995-yil Konfederatsiyalar kubogi finalchisi (Qirol Fatah kubogi)
  • 1994-yil Argentina chempioni
  • 1998/99-yilgi Italiya chempioni
  • 2001/02, 2003/04 Ispaniya chempioni
  • 2004-yil UEFA kubogi gʻolibi
Shaxsiy yutuqlari
  • 2000/01-yilgi Yevropa mavsumining eng yaxshi himoyachisi ( UEFA ma'lumotlariga koʻra)
  • Maskerano, Xaver Sanetti va Messidan keyin terma jamoada eng koʻp oʻynagan toʻrtinchi oʻyinchi[2].
  1. „Новости на ФНК: Роберто Айала завершил карьеру футболиста.“. football.kulichki.net. 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  2. „Argentina — Record International Players“ (en). rsssf.com. 2010-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  1. Количество игр и голов за национальную сборную в официальных матчах.