Pampa
Pampa, Pampas (kechua indeyslari tilida pampa — oʻtloq) — 1) Janubiy Amerikadagi, asosan, oʻt oʻsimliklari oʻsadigan baʼzi bir tekisliklarning nomi. Aslida Argentina hududining 29—39° j.k.lar orasi va gʻarbda Sʼyerras-de-Kordova togʻlarigacha boʻlgan joylar P. deyiladi. Yer yuzasi sharqida botqoqli pasttekislik. Gʻarbidadyunalar uchraydi; janubi-sharqida togʻlar bor (eng baland joyi 1250 m). Iqlimi subtropik, gʻarbida kontinentalroq iqlim. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 19—24°, iyulniki 6—10°. Iillik yogʻin 800–950 mm, gʻarbida 300–500 mm. Jan.dan kuchli shamol (pamperos) esib turadi. Oqar suv kam. Eng yirikdaryosi — Parana va uning irmoklari. Tuprogʻi sharqida qiz-gʻish-qora, gʻarbida boʻzjigarrang tuproq. Hozirgi vaqtda P.ning tabiiy oʻsimliklari deyarli butunlay yoʻq qilinib, oʻrni ekinzor (bugʻdoy, makkajoʻxori) va yaylovga aylantirilgan. P. Argenti-naning asosiy iqtisodiy rayoni. 2) Janubiy Amerika jan.ning tekislik qismlarida oʻsuvchi subtropik dasht oʻsimliklari.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |