Kontent qismiga oʻtish

Oskar Zarisskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oskar Zarisskiy
Tavalludi 24-aprel 1899-yil
Kobrin, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 4-iyul 1986-yil(1986-07-04)
(87 yoshda)
Brookline, Massachusetts, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Johns Hopkins universiteti
Illinois universiteti
Harvard universiteti
Akademik rahbarlari Guido Castelnuovo
Mashhur shogirdlari S. S. Abhyankar
Michael Artin
Iacopo Barsotti
Irvin Cohen
Daniel Gorenstein
Robin Hartshorne
Heisuke Hironaka
Steven Kleiman
Joseph Lipman
David Mumford
Maxwell Rosenlicht
Pierre Samuel
Abraham Seidenberg
Mashhur ishlari Algebraik geometriya sohasida qator ishlar
Zarisskiy topologiyasi
Mukofotlari Cole mukofoti Algebra boʻyicha (1944)
Milliy fan medali (1965)
Wolf mukofoti (1981)
Steele mukofoti (1981)

Oskar Zarisskiy (inglizchalashtirilgani Oscar Zariski) (ruscha: О́скар Зари́сский) (24-aprel 1899-yil — 4-iyul 1986-yil) — Rossiyada tugʻilgan amerikalik matematik. Zarisskiy algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1981-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].

Zarisskiy yahudiy oilasida tugʻilgan. 1918-yildan Kiyev universitetida oʻqigan. Rossiyadagi fuqarolar urushi tufayli 1920-yilda Italiyaga koʻchib ketgan, u yerda Italiya algebraik geometriya maktabida Guido Castelnuovo, Federigo Enriques va Francesco Severilardan tahsil olgan. Zarisskiy 1927-yildan boshlab oʻlimiga qadar AQShda yashagan. Dastlab Johns Hopkins universitetida, keyin İllinois universitetida va Harvard universitetida dars bergan.

Zarisskiy kommutativ algebra va algebraik geometriya sohasidagi fundamental ishlari bilan shuhrat qozongan. Olim ushbu ikki sohani birlashtirib, italyan matematika maktabi xulosalarini mustahkamlagan. Olimning ushbu sohadagi eng diqqatga sazovor ishlaridan biri Zarisskiy topologiyasidir.

  1. ; Joseph Lipman; Frans Oort; Adolfo QuirósResolution of Singularities: A research textbook in tribute to Oscar Zariski Based on the courses given at the Working Week in Obergurgl, Austria, September 7–14, 1997. Springer Science & Business Media, 14 February 2000. ISBN 978-3-7643-6178-5. 
  2. Bogomolov, Fedor; Tschinkel, Yuri (2001). "Book Review: Alterations and resolution of singularities". Bulletin of the American Mathematical Society 39 (1): 95–101. doi:10.1090/S0273-0979-01-00922-3. ISSN 0273-0979.