Oʻrdabasi (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Temirlanovka | |
Asos solingan sanasi | 1969-yil | |
Akim | Tileubergenov Daniyar Izbasarovich | |
Aholi (2013) | 115,856[1] | |
Zichligi | 42,5 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 2,726 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 72530[2] | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Rasmiy sayti | http://www.ordabasy.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
42°35′40.92″N 69°15′20.16″E / 42.5947000°N 69.2556000°E |
Oʻrdabasi tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1969-yili tashkil topgan. 1993-yilgacha Boʻgen tumani deb nomlanib keldi. Maydoni — 2,726 km². Aholisi 115,856 ming kishi. Tuman markazi — Temirlanovka qishlogʻi. Ordabasi tumanining hududi dala-dashtdan iborat.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuma aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 115,856 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 42,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi.
Katta qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Temіrlan
- Toʻrtkoʻl
- Sipataev
- Badam
- Boʻgen
- Qaynar
- Qaraaspan
- Shubar
- Qaraqum
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman iqlimi keskin kontinental. Qishi qisqa, yozi fasli esa uzoq davom etadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-5 °C, Iyulda 26-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200-380 millimetr.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 66 ta maktab faoliyat yuritadi, uning 37 oʻrta, 12 asosiy, 17 boshlangʻich maktablar. Oʻquvchilar soni — 22212.
- Tibbiyot sohasida: 1 tuman markaziy kasalxonasi, 1 silga qarshi dispanser, 2 qishloq kasalxonasi, 1 BMSK Qaraspan, 8 shifokorlik punkt, 42 MB faoliyat yuritadi.
- Madaniyat sohasida: 1 madaniyat uyi va 1 markaziy kutubxona, bolalar kutubxonasi, 4 qishloq madaniyat va 8 qishloq klubi, 31 qishloq kutubxonalari aholiga hizmat qilmoqda.
Tumanda 21 sport zal faoliyat yuritmoqda. D.Qoʻnaev nomidagi dam olish lageridagi suzish basseyni va standartga mos 1500 — kishilik stadioni bor[3].