Kontent qismiga oʻtish

Mirshab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirshab (arab, mir — hukmdor va shab — tun) — Oʻrta Osiyo xonliklarida maʼmuriy lavozim; tungi shahar soqchisi va ularning boshligʻi. Uning zimmasiga shaharda tungi osoyishtalikni taʼminlash masʼuliyati yuklatilgan. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, Mirshab, asosan, tungi soqchilik hamda tartib va institutizom bajarilishini taʼminlagan va politsiya vazifasini bajargan. Mirshab mingboshi va katta oqsoqollar ixtiyorida xizmatda boʻlgan. Masalan, Toshkentda Oktyabr toʻntarishigacha Mirshablar tungi shahar soqchisi. Mirshabxona boshligʻi qoʻrboshi deyilgan. Mirshablar tun boʻyi shaqildoq bilan koʻcha va mahallalarni aylanib, shahar osoyishtaligini taʼminlagan. Toshkentning 4 dahasida 10 tadan Mirshab, bir mirshabboshi boʻlgan. 1892-yilgacha Mirshab katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar politsmey-sterchga boʻysungan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil