Jamila Shermuhamedova
Jamila Toshpoʻlatovna Shermuhamedova | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyun 1950-yil Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | falsafa |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | falsafa fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Jamila Toshpoʻlatovna Shermuhamedova (1950-yil 18-iyun, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, falsafa fanlari doktori (2004), professor (2004).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamila Shermuhamedova 1950-yil 18-iyun Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ziyolilar oilasida tugʻilgan[1][2]. 1966—1971-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetida tahsil olgan. 1972—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, 1973—1976-yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1977—1989-yillarda tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, 1989—2004-yillarda dotsent, 2004—2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti professori, 2000—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi huquqshunos ayollar jamoat birlashmasining ijrochi direktori, 2000—2015-yillarda Toshkent shahar Ishbilarmon va tadbirkor ayollar jamoat birlashmasi maslahatchisi, 2005—2011-yillarda Oliy Majlis qoshidagi demokratik institutlar qoʻmitasi eksperti, 2011—2017-yillarda „Hayot I. R.J. O.“ xususiy korxonasi direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[3]. 2017-yildan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi. Shuningdek, Tadbirkor ayollar uyushmasi aʼzosi va maslahatchisi (1991-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi ishbilarmon ayollar uyushmasi faxriy maslahatchisi (1995-yildan)[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (2018)[4][5];
- „Mudofaa vazirligi faxriysi“ koʻkrak nishoni (2020);
- „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni (2021)[6];
- „Maʼnaviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021)[7];
- „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
- „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni (2022)[3];
- „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2022);
- „Yilning eng yaxshi maʼnaviyat targʻibotchisi“ nominatsiyasi gʻolibi (2023)[8][9];
- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mehrning goʻzal tarbiyasi“.
- ↑ „Жамила Шермуҳаммедовага табрик“.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2018-yil 30-avgust). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
- ↑ „Ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳи мукофотланди (рўйхат)“ (2018-yil 30-avgust).
- ↑ „“Халқлар дўстлиги” кўкрак нишонига сазовор бўлган давлат органлари, жамоат бирлашмалари, оммавий ахборот воситалари, диний конфессиялар вакиллари ҳамда хорижий фуқаролар рўйхати“ (2021-yil 9-avgust).
- ↑ „Бир гуруҳ юртдошларимиз “Маънавият фидойиси” кўкрак нишони билан тақдирланди“ (2021-yil 18-noyabr).
- ↑ „“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi“ (2023-yil 29-yanvar).
- ↑ „Состоялась церемония вручения Национальной премии в области культуры и искусства «Звезды Нового Узбекистана»“ (2023-yil 30-yanvar).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 27-avgust).