Kontent qismiga oʻtish

Yulduz Ismatova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ismatova Yulduz Asadovnadan yoʻnaltirildi)

Yulduz Asadovna Ismatova (1944.31.10, Toshkent — 2004.10) — raqqosa, aktrisa, baletmeyster, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻr-satgan sanʼat arbobi (1995). Asadovna Ismatovning qizi. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1965)ni hamda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti aktyorlik (1976), rejissyorlik (1984) fakultetini tugatgan. 1963—88 yillar Muqimiy teatrida ishlagan. 1997-yildan M. Turgʻunboyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" milliy raqs birlashmasining bosh direktori. Eng yaxshi raqslari: "Tanavor", "Munojot", "Gulchi qiz" va boshqalar Ijro etgan rollari: Qumri ("Nurxon"), Malika ("Oddiy moʻʼjiza"), Charlston ("Hijron"), Zarifa ("Xotinimning eri"), Ofat ("Qaynona") va hokazo. Rejissyor sifatida "Dilafroʻzga toʻrt oshiq", "Oltin davrim", "Yulduzlar jamoli" kabilarni sahnalashtirgan.

1988-yil "Oʻzteleradiokompaniya" qoshida "Tanavor" raqs ansambli (1997-yildan raqs-teatri)ni tashkil etdi. "Sevgi nidosi" (Alisher Navoiyning "Sabʼai sayyor" asari asosida), "Nodira", "Ulugbek burji", "Qoʻqon ayoli" (anʼanaviy musiqa va raqslar asosida), "Sevgi vasfi" ("Tanavor" janridagi raqslar yigʻindisi), "Moziydan nur", "Temuriy malikalari", "Uvaysiy" kabi raqs teatrlarini sahnalashtirdi (libretto muallifi ham oʻzi). "Sharq taronalari", Fransiya — Parij—Yunesko qarorgohida "Amir Temur" teatrlashgan konsert dasturi va boshqalarning bosh baletmeysteri. Lirik joʻshqinlik, doimiy izlanuvchanlik, moziyga ziyraklik bilan murojaat etish, mumtoz asarlarga katta qiziqish va mexr bilan yondashish Ismatova ijodiga xos. "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan (1998)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil