Kontent qismiga oʻtish

Ignostitsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Igteizmdan yoʻnaltirildi)

Ingostitsizm yoki igteizm teologik pozitsiya boʻlib, barcha boshqa teologik pozitsiyalar xudo va boshqa teologik tushunchalar haqida haddan tashqari ortiq iddao qiladi, deydi.

Uni xudoning mavjudligi masalasi haqidagi ikki aloqador qarash bilan bogʻliq, deb taʼriflash mumkin:

  1. Xudo mavjudligi savolini muhokama qilishdan oldin „xudo“ tushunchasiga aniq taʼrif berish kerak. Bunda agar beriladigan taʼrif tekshirilmas boʻlsa, ignostik teologik nonkognitivizm pozitsiyasini olib, xudo mavjudligi haqidagi savolning oʻzi maʼnosizdir, deydi.
  2. Ikkinchi qarash teologik nonkognitivizmga teng boʻlib, „Xudo mavjudmi?“ degan savol maʼnosiz, deyishdir.

Ayrim faylasuflar ignostitsizmni agnostitsizm yoki ateizm varianti, deb hisoblashadi.[1]

Ignostitsizm atamasini 1960-yillarda ravvin va gumanist yahudiylik asoschisi Sherwin Wine oʻylab topgan. Igteizm atamasini esa dunyoviy gumanist Paul Kurtz 1992-yili The New Skepticism kitobida taklif etgan.[2]

Faylasuf Theodore Drange teizm, ateizm, agnostitsizm va ignostitsizm orasidagi farqlarni shunday ifodalaydi:[3]

Teist: „Xudo mavjudligiga ishonaman“
Ateist: „Xudo mavjudligiga ishonmayman“
Agnostik: „Xudo mavjudligi yoki emasligini bilmayman“
Ignostik: „Xudo deganda nima tushunilishini bilmayman“
  1. „The Argument From Non-Cognitivism“. Qaraldi: 2008-yil 11-fevral.
  2. „isms of the week: Agnosticism and Ignosticism“. Qaraldi: 19-dekabr 2011-yil.
  3. Drange, Theodore „Atheism, Agnosticism, Noncognitivism“. Internet Infidels (1998). 2013-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-may.