Hamidjon Neʼmatov
Hamidjon Neʻmatov | |
---|---|
Farg'ona viloyati hokimi | |
Mansab davri 2009-yil – 2011-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Mamat Gʻofurov |
Vorisi | Shuhrat Gʻaniyev |
Mukofotlari |
Hamidjon Xalikovich Neʼmatov — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[1]. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandi[2][3]. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi[4]. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1093926623
- ↑ https://uzbeknews.livejournal.com/2552.html
- ↑ http://www.uzinform.com/ru/news/20100120/03154.html
- ↑ https://www.uzmetronom.com/2011/11/05/soratniki_sdali_shefa_s_potrokhami.html